O‘ZBEKISTON-ERON: HAMKORLIKDA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILADI
🤝 Kuni kecha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Eronning “MIMAS DAIRY” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abbos Salimiyon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Kompaniya vakillari tomonidan Angren EIHda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasi tashkil etish hamda Ohangaron tumanida chorva uchun ozuqa mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qiziqish bildirildi va ish boshlash uchun mo‘ljallangan yer maydonlarining holati joyiga borib o‘rganildi.
#xalqaro_hamkorlik #tashrif #delegatsiya #qishloq_xojaligi #sut_mahsulotlari #chorva_ozuqasi #Ozbekiston #Eron
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ERON BILAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG KO‘LAMLI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI
🤝 Qishloq xo‘jaligi vazirligida Eron sanoat, konlar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Sayid Mahdiy Niyoziy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni ochar ekan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganligini ta'kidladi.
Eron delegatsiyasi O‘zbekiston tomonining takliflarini qizg‘in qabul qildi, ular o‘zlari oldinga surmoqchi bo‘lgan takliflar bilan uyg‘un ekanligidan mamnuniyat bildirdi. Chunonchi, eronlik mehmonlar Buxoroda issiqxonalar qurilishi, biotexnologiya va innovatsiyalar bilan almashish, kuchli bosimga chidamli quvurlar yetkazish va ishlab chiqarish, o‘simlik karantini, O‘zbekistonda za'faron ishlab chiqarib, Eronga eksport qilish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.
#xalqaro_hamkorlik #tashrif #qishloq_xojaligi #delegatsiya #Ozbekiston #Eron

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan joriy yilning 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘ldi.
Tashrif davomida Tehron shahridagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
#Prezident #tashrif #Eron #hujjatlar #uchrashuv

QISHLOQ XO‘JALIGI MUTAXASSISLARI ERONDA AMALIYOT O‘TAYDI
🔰Eron Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot, ta’lim tashkiloti direktori Mojtaba Khayam Nekouei boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
✅Tashrif doirasida delegatsiya vakillari va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, eronliklar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati bilan ham tanishishdi.
✅Uchrashuvlar chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, soha tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
✅Shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosiy masalalardan biri ekanligi qayd etildi. Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, pistachilikni rivojlantirish va pista navlarini yaratish borasida tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollarini ko‘rib chiqildi. Eron tomoni ushbu yo‘nalishda tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
✅Uchrashuvlar yakunida Yosh olimlarning xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarda qisqa muddatli ilmiy amaliyotini tashkil etish va buni moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
✅Ushbu shartnoma asosida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab 7 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar biotexnologiya, veterinariya, bog‘bonchilik, urug‘chilik, o‘rmonchilik, mexanizatsiya va vaksinatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha “AREEO” da amaliyot o‘tash maqsadida Eronga borishadi.
#Eron #qishloqxojaligi #innovatsiya #delegatsiya
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram