QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#qaror #paxtachilik #urugchilik #yanginav

PAXTA YETISHTIRISHDA YANGI TIZIM JORY ETILADI

Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilishga bag‘ishlanadi.

Unga ko‘ra, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilikda mahsulot eksporti hajmi va real daromadni oshirish bilan bog‘liq vazifalarning ijrosini taʼminlash belgilangan.

Prezident huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashining mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirishga doir vazifalariga eʼtibor qaratiladi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida paxtachilik sohasida olib borilayotgan muhim masalalar haqida batafsil O‘zA saytida berilgan maqoladan o‘qishingiz mumkin.