XALQARO DAVRA SUHBATI QIZG'IN O'TMOQDA
🔰Ayni damda Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro davra suhbati boshlandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘nggi yillardagi degradatsiya oqibatlari yaylovlar hosildorligining pasayishiga, o‘simliklar bioxilma-xilligi va chorva mollari ozuqa bazasining kamayib ketishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalar ekan, bu holatning oldini olish va bartaraf etishda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #FAO
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:
"Hammamizga maʼlumki, bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik, cho‘llanish va degradatsiya masalalaridir. Avvalgi tadbirlarimiz yaylovlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangandi. Bugun esa mavzuni kengaytirib, yer islohotlarini ham qo‘shdik. Yaʼni yerga bo‘lgan huquq va uni kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz hamda yer egalarining mulkiga bo‘lgan investitsiyani ko‘paytirish va bu orqali yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ishlarni muhokama qilish uchun ushbu davrada yig‘ildik. Shu o‘rinda bir masalani aytib o‘tish kerakki, respublikamizning qariyb 60 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Shundan 21 mln gektari bu tabiiy yaylovlardan iborat va ularda chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi, ulardan ozuqa bazasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi davra suhbatida juda ko‘p olimlarimiz mavzu dorasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, muammoga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz".
#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #investitsiya #yerlar_degradatsiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM