QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
23.6K photos
2.69K videos
7 files
9.37K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XOVOS TUMANIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN UNUMLI FOYDALANILMOQDA

💧Xovos tumani mamlakatimizning yerlari hosildorligi bilan ajralib turadigan o‘ziga xos maskanidir. Sirdaryo viloyatining boshqa joylariga qaraganda bu yerda qishloq xo‘jaligi ekinlari tez pishib yetiladi. Ekinlar esa suv bilan barhayot. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, asosan toshloq yerlar suvni ko‘p talab qiladi. Joriy yilda tumanda 8 ming gektar ekin maydoniga g‘alla, 8,5 ming gektarga chigit ekildi. Bu maydonlarda 650 nafar fermer faoliyat yuritmoqda.

Suv tanqisligi inobatga olinib, joriy yilda viloyatda suvni tejaydigan texnologiyalar orqali 2600 gektarga yaqin paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimlarini qayta ishga tushirish uchun qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda, 1400 gektar bog‘lar tomchilatib sug‘orilmoqda hamda 400 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orishga erishildi.

#sugorish_texnologiyalari #tomchilatib_sugorish #yomgirlatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM