QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YAKKABOG‘DA MEVACHILIK: ELGA – DARMON, TADBIRKORGA – DAROMAD

🥬Yurtimizda meva-sabzavotchilik uchun juda qulay muhit mavjud. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar esa, qalbida qo‘ri bor har bir inson uchun agrobiznes bilan shug‘ullanishda ajoyib sharoitlarni yaratmoqda.

Mana shunday vatandoshlarimizdan biri – Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanilik Gulsanam Jo‘raqobilova 2005-yilda o‘z tumanida bog‘ yaratishni niyat qiladi. Shu maqsadda “DARMON FARM” korxonasini tashkil etadi.

Tuman hokimligi tadbirkorning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bog‘ uchun jami 484,8 gektar yer ajratib beradi. Shundan 200 gektarga zamonaviy intensiv bog‘, 84,8 gektarga mahalliy bog‘ barpo etiladi. 210 gektar yerda esa uzumzor tashkil qilinadi.

Uzoq o‘rganishlar, qiyoslash va saralashlar samarasi o‘laroq, Avstriya, Polsha, Italiyadan mevani qayta ishlovchi zamonaviy uskunalar keltirildi. Rossiyadan 5000 tonnali keskin muzlatish imkoniyatiga ega muzlatish ombori olib kelindi. Faoliyat kengayib, yiliga 20 000 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lindi. Ishchilar soni yuzdan oshdi.

Hozirda korxona soatiga 5 tonna meva-sabzavotni qayta ishlab, pyure tayyorlamoqda. Shuningdek, soatiga 2 tonna olmani qayta ishlab, sharbat ishlab chiqarmoqda. Bir necha turdagi sabzavot barra va muzlatilgan holida xorijga eksport qilinmoqda.

#qishloq_xojaligi #meva_sabzavot #intensiv_bog #mahalliy_bog #uzumzor #muzlatgich #qayta_ishlash #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM