QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#kuzgi_bugdoy #agrotexnik_tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi majmuasida dehqon va fermerlarning kunlik muammolarini yechish, bu yo‘lda bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish, salbiy vaziyatlarga joyida barham berish maqsadida Hukumat ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida 2023-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan kuzgi boshoqli don maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, g‘alla parvarishida dolzarb bo‘lgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Taxiatosh suv taqsimlash inshootining old qismida Amudaryoning loyqa bilan to‘lib qolgan o‘zanini tozalash ishlari ko‘rib chiqildi hamda bu ishlarni qisqa muddatlarda yakunlash uchun qo‘shimcha ekskavator va texnikalarni jalb qilish bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOHA MUTAXASSISLARIDAN G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

🌱Paxtachilikda g‘o‘za qator oralariga kultivatorlar yordamida ishlov berish va chuqur yumshatish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi.

“Yerdagi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish uchun yerga mos ravishda ishlov berish kerak. Kultivatorda
agrotexnik tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad aslida namlikni qochirish uchun emas, balki yerdagi mavjud namlikni o‘zida saqlashdir”, deya ta’kidladi mutaxassis.

Qator oralariga ishlov berishda eng avvalo kultivatordagi ishchi organlar soniga alohida eʼtibor berish lozim. Qator orasi 60 sm bo‘lganda kultivatorda 5 ta g‘ozpanja, 8 ta KKO, 20 ta naralnik, agar o‘t bosgan dala bo‘lsa, 20 ta naralnik va 8 ta pichoq o‘rnatilib, jami ishchi organlar kamida 33 ta bo‘lishi kerak.

Qator orasi 90 sm bo‘lganda 5 ta g‘ozpanja, 32-34 ta KKO, begona o‘t tarqalgan maydonda 8 ta pichoq 24-26 ta naralnik, jami 37-39 ta ishchi organi o‘rnatilishi sifatli kultivatsiya qilishni taʼminlaydi.

👉Batafsil

#paxtachilik #paxta #agroklaster #agrotexnik_tadbirlar #kultivator #boranka

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’Z VAQTIDA AMALGA OSHIRILGAN AGROTEXNIK TADBIRLAR — MO’L HOSIL GAROVI

🚜Sifatli paxta xomashyosini yetishtirish – mashaqqatli ish. Buni ayniqsa, yillar davomida dehqonchilik qilib kelayotgan fermerlar juda yaxshi biladi. Yerga chigit qadalgandan toki uning oʻsib chiqishidan tortib, yetilguniga qadar kunni-tunga, tunni-kunga ulab tinimsiz mehnat qilish talab etiladi. Ob-havoning injiqligi, tabiatning kutilmagan hodisalari esa bu masʼuliyatini yanada oshiradi.

“Umumiy yer maydonimiz 48,8 gektarni tashkil etadi. Shundan g’allaga ajratilgan maydon 21,5 gektar, paxtaga ajratilgan yer maydoni esa 24,5 gektarni tashkil etadi. Havo harorati biroz past bo’lganligi sababli paxtamiz 14-15 kunda unib chiqdi. Hozirgi kunda agrotexnik ishlarni olib boryapmiz. Har yili biz “Buxoro 102” chigit navini ekib kelamiz. Shunda biz har gektaridan 40-50 sentnerdan paxta olamiz. Bu navdan tuproqning sho’rlik darajasi yuqoriligiga hamda havo haroratining o’zgaruvchanligiga mos kelganligi sababli foydalanamiz,” deydi navbahorlik fermer Muhammad Chuliyev.

#qishloq_xojaligi #agrotexnik_tadbirlar #fermer

👉Batafsil

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO MIRISHKORLAR YURTI

Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi.

Qashqadaryolik mehnatkashlar paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki mevalar yetishtirishmi – har sohada yuzlari yorug‘ bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Birgina Kasbi tumanidagi “Naxshab Tex Group” misolida ko‘radigan bo‘lsak, ayni paytda bu erda sifatli kiyim-kechak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘z navbatida, Vazir korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham fikrlarini o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng Aziz Voitov korxonaga yondosh hududda joylashgan, “Do‘stmurod Eshonqulov” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishdi.

Viloyatda ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi ham qashqadaryolik mirishkorlarini shashtlaridan qaytara olmagan. Fermer xo‘jalik tomonidan 20 gektar maydonga sabzi, 3 gektarga karam, 3 gektariga esa sholg‘om ekilgan.

Shundan so‘ng, Vazir keyingi lokatsiya bo‘yicha Qarshi tumanida joylashgan “Sulton Golden Teks” MCHJ dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.

Ko‘pni ko‘rgan tajribali dehqon-u fermerlar har bir agrotexnik tadbir o‘z vaqtida bajarilsagina yerdan unumli hosilni olish mumkin, deb hisoblaydi. Shu bois fermer xo‘jaligi mutasaddilari asosiy dala maydonlarida suv kirish qismining har 5 gektariga mo‘ljallab sharbat xandaqlar qazib, mahalliy o‘g‘it bilan to‘ldirmoqda.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYODA ISLOHOTLAR JADAL SUR'ATLARDA OLIB BORILMOQDA

🔰Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Viloyat agrosanoati istiqbollarini belgilash, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini ta'minlash bilan tanishuv davomida "Hosildor Zamin" zamonaviy ko‘chatchilik ta'lim majmuasida ham bo‘ldi. Bu yerda yangiliklar yaratish borasida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida Aziz Voitov “Xonobod” MFY da 10 gektar maydonda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan intensiv bodomzor bilan tanishdi. Xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov navbatdagi manzil-lokatsiya bo‘yicha Qarshi tumanida joylashgan “Sulton Golden Teks” MChJ dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida soha mutaxassislari bilan ekinlar hosildorligini oshirishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Zarur tavsiyalar berildi.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO: QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI

🔰Sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turgan Aziz Voitov Chim hududida joylashgan “Javlonbek sifat invest” fermer xo‘jaligi tomonidan oziq-ovqat ekinlari ekish uchun kollektor va zovur atrofidan 6 gektar maydonni foydalanishga kiritish ishlari bilan tanishidi.
Bu yerda bir necha yil avval qarovsiz yotgan adirliklarda bugun o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shundan so‘ng Aziz Voitov “Fayzullaev Muxiddin” fermer xo‘jaligining issiqxonasida yetishtirilayotgan uzum, gul, bodring hamda 6 gektar paxta maydoni g‘o‘za qator orasida uzum ko‘chatlari yetishtirish ishlari bilan tanishdi. Ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi ham qashqadaryolik mirishkorlarni shashtlaridan qaytara olmagan. Ishning ko‘zini bilgan fermer har bir qarich yeri bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tashrif yakunida vazir dasturdan chetga chiqqan holda, ipak qurtidan ipak mahsulotlarni ishlab chiqaradigan fabrika faoliyati bilan ham tanishdi. Aytish kerakki, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish bugun asosiy masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Korxona hududdagi xotin-qizlarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta'minlab ulgurgan.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM