QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YURTIMIZDA O‘RMON YONG‘OG‘INI YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILADI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Davlatimiz rahbarining Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida o‘zaro manfaatli uchrashuvlar o‘tkazish bilan birga qator agrar soha obyektlarida ham bo‘lib ish jarayoni bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik. Jumladan yurtimizda o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Shu bois Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha Ozarbayjonning shimolida joylashgan Agrarko kompaniyasiga qarashli intensiv bog‘da ham bo‘ldi.

Vazir Aziz Voitov intensiv bog‘ bilan tanishish jarayonida o‘rmon yong‘og‘ining yangi navlari, ularni yetishtirishda ko‘rsatiladigan agrotexnik tadbirlar, intensiv bog‘ uchun tanlanadigan yer maydoniga qo‘yiladigan talablar haqida ham ozarbayjonlik soha mutaxassislari bilan atroflicha ma'lumot almashdi.

Kezi kelganda shuni e'tirof etish kerakki, Ozarbayjonda yiliga 80 ming tonna funduk yetishtiriladi. Bu ko‘rsatkich uni dunyoda 3 o‘ringa olib chiqqan. Mamlakatning 82 ming gektar yeriga o‘rmon yong‘og‘i ekiladi. O‘rtacha hosildorlik gektaridan bir tonnani tashkil qiladi.

#agrarko #vazir #memorandum #intensivbog

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM