QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
OZARBAYJON TADQIQOTCHILARI YURTIMIZDA TAJRIBA ORTTIRISHADI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi hamda Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad har ikki tashkilot mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Muloqot davomida mamlakatimizdagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tuproq laboratoriyasining jahon standartlariga javob berishi va ko‘plab imkoniyatlarga egaligi ozarbayjonlik mutaxassislarning eʼtiborini tortdi. Shu bois, Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari respublikamizga kelib, ushbu laboratoriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishish istagini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

#Hamkorlik #Memorandum #Ozbekiston #Ozarbayjon #laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: OZARBAYJONDA BU QANDAY YO‘LGA QO‘YILGAN?

🤝Xabar berganimizdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi delegatsiyasi ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohaviy mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tashrifning asosiy kun tartibiga oid masalalarni muhokama qilishni boshladilar.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Ozarbayjon
*****
ЦИФРОВАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ: КАК ЭТО ПРОИСХОДИТ В АЗЕРБАЙДЖАНЕ?

🤝Как мы уже сообщали, делегация представителей аграрного сектора Узбекистана в настоящее время находится в Азербайджане.

Рабочая группа в составе должностных лиц Администрации Президента Республики Узбекистан и отраслевых руководителей Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан приступила к обсуждению вопросов, вошедших в повестку дня визита.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #Азербайджан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI: OZARBAYJONDA BU QANDAY YO‘LGA QO‘YILGAN?

🤝Bugungi kunda dunyoda tobora global ahamiyat kasb etayotgan masalalardan biri bu – oziq-ovqat xavfsizligidir. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi delegatsiyasi o‘zining navbatdagi ishchi uchrashuvini mazkur masalaga dahldor organ bilan o‘tkazdi.

Ozarbayjon oziq-ovqat xavfsizligi agentligi o‘zbek hamkasblarini odatdagidan farqli o‘laroq, protokol uchun emas, amaliy hamkor sifatida kutib oldi.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Ozarbayjon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BOKU KUNDALIGI: AGROTARMOQDAGI XAVFSIZLIK VA KREDIT MASALALARI YECHIMI

🤝Xabar qilib borayotganimiz O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mas’ullaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Ozarbayjonda xizmat safari bilan bo‘lib turishibdi.

Navbatdagi lokatsiya ikki qismga bo‘lingan. Dastavval Ozarbayjon oziq-ovqat xavfsizligi institutiga, ikkinchi lokatsiya Agrar kreditlash va rivojlanish agentligi bo‘ldi.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Ozarbayjon
*****
БАКИНСКИЙ ДНЕВНИК: РЕШЕНИЕ ВОПРОСОВ БЕЗОПАСНОСТИ И КРЕДИТОВАНИЯ В АГРОСФЕРЕ

Как мы уже сообщали, представительная делегация министерства сельского хозяйства нашей страны в настоящее время находится с рабочим визитом в Азербайджане. В этот раз посещение очередного объекта было разделено на две части.

Сначала состоялось знакомство с деятельностью Азербайджанского института безопасности пищевых продуктов, вторым местом посещения стало Агентство аграрного кредитования и развития.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #Азербайджан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZARBAYJON QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI SELEKSIYA MASALALARI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Bokuga amalga oshirgan tashrifi haqida sizni xabardor qilib borayotgan edik.

Delegatsiya o‘z ishini yakunlab, Toshkentga qaytdi. Mana shu kundalik asnosida orttirilgan tajriba va o‘rganilgan usullar haqida alohida maʼlumot bitiladi.

Ayni damda qishloq xo‘jaligidagi o‘ziga xos uslub ham ko‘zdan chetda qolmaydi. Masalan, Ozarbayjon Respublikasi Absheron tumanida joylashgan Sabzavotlarni yetishtirish ilmiy-tadqiqot institutini olib ko‘raylik. 1965-yilda tashkil etilgan muassasani 2019-yilda to‘liq vazifa va vakolatlari qayta taqsimlandi. Bino va inshootlari qaytadan taʼmirlandi. 102 gektar maydon ushbu muassasa ixtiyoriga to‘liq biriktirildi.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #in_vitro #Ozbekiston #Ozarbayjon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OZARBAYJONNING «GUARA» BODOMI, «SHISHBURUN» XURMOLARI

🤝Aslida ozar elining mehnatkashligi qardosh O‘zbekiston xalqiga juda o‘xshash. Yerni yaxshi ko‘radi ular. Mehrni ham zamindan topgani bor gap. So‘nggi yillarda Ozarbayjonda agrar tarmoqda amalga oshirilgan islohotlar tufayli qishloq xo‘jaligi yuksalmoqda. Tobora Yevropa va Osiyo bozorlari zabt etilayotir.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Ozarbayjon
*****
АЗЕРБАЙДЖАНСКИЙ МИНДАЛЬ СОРТА «ГУАРА» И ХУРМА СОРТА «ШИШБУРУН»

🤝Трудолюбивый азербайджанский народ во многом очень похож на братский народ Узбекистана. Они любят работать на земле. И не зря говорят, что земля отвечает взаимностью. В последние годы сельское хозяйство Азербайджана развивается и растет благодаря проводимым реформам. Занимается всё больше ниш на европейских и азиатских рынках.

👉Подробнее

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #Азербайджан

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZARBAYJONNING FUNDUK (O‘RMON YONG‘OG‘I) BOG‘LARI

🌰Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilaridan iborat delegatsiya shu yilning 3-7-aprel kunlari qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish, agrosug‘urta va seleksiya yutuqlarini o‘rganish maqsadida Ozarbayjon Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirib qaytdilar.

Har tomonlama manfaatli kechgan uchrashuvlarning muxtasari Ozarbayjonning shimolida joylashgan Kusar tumani, “Agrarko” kompaniyasida bo‘lib o‘tdi. 2017-yilda tashkil topgan mazkur quvvat meva va funduk (o‘rmon yong‘og‘i) yetishtirishga ixtisoslashgan.

Mevalarning turi ham bisyor: olma, nok, olcha, gilos, nektarin, olxo‘ri, behi va shaftoli. Mazkur korxona o‘zining qadoqlash va saralash tizimiga ega. Soatiga 5 tonna mahsulotni saralash imkoniyati mavjud. Maydoni 1488,33 kv. metr.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #ormon_yongogi #Ozbekiston #Ozarbayjon
*****
САДЫ ЛЕСНЫХ ОРЕХОВ В АЗЕРБАЙДЖАНЕ

🌰Как мы уже сообщали, делегация Министерства сельского хозяйства нашей страны 3-7 апреля этого года побывала в рамках рабочей командировки в Азербайджанской Республике, с целью изучения достижений в области цифровизации, агрострахования и селекционной работы в агросфере.

Одна из таких многогранных встреч состоялась в компании «Аграрко» Кусарского района на севере Азербайджана. Основанное в 2017 году предприятие специализируется на производстве фруктов и фундука.

Ассортимент производимой сельхозпродукции весьма широк: яблоки, груши, вишня, черешня, сливы, айва и персики. Это предприятие имеет собственные мощности по упаковке и сортировке. Оборудование позволяет сортировать 5 тонн продукции в час. Площадь производства 1 488,33 кв.метров.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #Азербайджан

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING RIM UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida bir qator mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🇺🇿🤝🇨🇳
Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri Tan Jenszyan bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligiga oid hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham to‘xtab o‘tildi. Aziz Voitov ikki vazirlik shafeligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qishloq xo‘jaligi kurslarini muntazam tashkil etishni taklif etdi.
🇺🇿🤝🇦🇿
Aziz Voitovning navbatdagi uchrashuvi Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov bilan bo‘ldi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holatiga baho berildi, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Agrosug‘urta va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida Ozarbayjon tajribasini o‘rganish, paxtachilikda o‘zbek seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarini Ozarbayjonda ommalashtirish, shuningdek ipakchilik va veterinariya sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashildi.
🇺🇿🤝🇪🇪
Estoniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Madis Kallas bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlikning bosh yo‘nalishi sifatida agrota’lim sohasidagi hamkorlik tilga olindi. Jumladan, ikki mamlakat agrar universitetlari o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti istiqbollari muhokama etildi, jumladan Boltiqbo‘yi mamlakatiga barra qovun, ko‘kat, shuningdek turshak va mayiz yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #Xitoy #Ozarbayjon #Estoniya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

⚡️
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Boku shahrida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik. Davlat tashrifi dasturiga ko‘ra ayni paytda har ikki davlatning turli sohalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari amaliy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

🔸Jumladan Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov ham ikki dalvat o‘rtasida strategik hamkorlikni aynan qishloq xo‘jaligi sohasida ham yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bugun Aziz Voitov “Azersun” kompaniyasi bosh direktori Muhammad Goʻzal bilan uchrashdi.

🔸Muzokaralar chog‘ida tomonlar birgalikda meva yetishtirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalarni ham muhokama qildilar.

#Ozarbayjon #Azersun #konglomerat

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON - OZARBAYJON: FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

⚡️O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Ozarbayjonga davlat tashrifi davom etmoqda. Bundan biroz avval Ozarbayjon Prezidentining “Zug‘ulba” qarorgohida Davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida o‘rmon yong‘og‘ini yurtimizda yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha yirik loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

#memorandum #funduk #Ozarbayjon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON-OZARBAYJON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Veyselog‘lu” kompaniyasi prezidenti Aydin Tolibov bilan uchrashdi.

🔸Muloqot chog‘ida O‘zbekistondan katta miqdorda meva va quritilgan mevalar yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hamkorlikda yetishtirish masalalari muhokama qilindi.

🔸Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon kompaniyasi iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi va uning faoliyati ushbu segmentdagi ta’minot zanjirlarining barcha bosqichlarini - ishlab chiqarish, tarqatish, logistika va chakana savdoni qamrab oladi.

🔸Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

#Ozarbayjon #agrarsohasi #istiqbol

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA OZARBAYJON TAJRIBASI

🔰Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan ushbu davlatda bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida har ikki davlatning turli vazirlik va tashkilotlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Ozarbayjonning shimolida joylashgan “Agrarko” kompaniyasiga qarashli o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan obyektlarda bo‘ldi.

Maqsad esa dunyo miqyosida talab oshib borayotgan o‘rmon yong‘og‘ini aynan o‘zimizni yurtda ham o'zlashtirish. Buning uchun bu ishni puxta yo‘lga qo‘ygan ozar hamkasblarning ishlari bilan yaqindan tanishish.

Agrar soha obyektlari bilan tanishuv chog‘ida Azizi Voitovga Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mamedov hamrohlik qilar ekan, mamlakatda nafaqat o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish borasida, balki butun agrar sohada olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Vazir Aziz Voitov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, soha mutaxassislari bilan o‘rmon yong‘og‘ini qayta ishlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, bugungi kunda dunyo miqyosida ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj korxonaning eksport ko‘rsatkichlari haqida ham fikr almashdi.

#Ozarbayjon #funduk #tajriba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BOKUGA TASHRIFI

🔰Boku shahrida Turkiy davlatlar II agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Qishloq xo‘jaligi vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi doirasida tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, TDT Qishloq xo‘jaligi vazirlarining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tashkilotga a'zo mamlakatlarning ilmiy-texnologik va iqtisodiy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini, eksport geografiyasini kengaytirish va jahon bozoriga chiqishni ta'minlashga imkon berishini ta'kidladi.
*****
ВИЗИТ МИНИСТРОВ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ В БАКУ

🔰В Баку состоялся второй агробизнес-форум тюркских государств. Мероприятие было организовано в рамках второго заседания министров сельского хозяйства Организации тюркских государств (ОТГ). Напомним, что первое заседание в подобном формате прошло в Узбекистане.

Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов, в свою очередь, отметил, что научный, технологический и экономический потенциал стран-членов организации позволяет обеспечить стабильное развитие экономик данных государств и расширение географии экспорта через выход на мировой рынок.

#forum #agrobiznes #yigilish #kooperatsiya #Ozarbayjon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM