QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
21.2K photos
2.6K videos
7 files
8.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
📝Аvvalroq, “Qanday yong‘oqni afzal ko‘rasiz?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgandik. So‘rovnomada 610 kishi ishtirok etdi.

Unda xandon pista eng sevimli mahsulot bo‘ldi (59% ovoz). Yong‘oq va bodom deyarli teng ovozlar (22% va 20,5%), keshyu 14% va funduk 8,5% ovoz olishdi. Qizig‘i shundaki, O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan yong‘oqlardan biri — yeryong‘oq sevib iste’mol qilinishi bo‘yicha atigi 7,5% ovoz bilan oxirgi o‘rinni egalladi.

Biz saytimizda yong‘oqlar haqida ko‘plab maqolalar yozganmiz. Havolalarni muntazam kuzatib boring va so‘rovnomalarimizda faol bo‘lishda davom eting.

#sorovnoma_natijalari #yongoq #keshyu #xandon_pista

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Avvalroq, ushbu suratdagi qo‘ng‘izning o‘simliklar uchun zararli yoki foydali ekanligini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

👥So‘rovnomada 179 kishi ishtirok etdi. Ulardan 103 nafari foydali degan xulosaga kelishgan, 76 nafari esa zararli deb hisoblashgan. Javoblarning “foydali” variantini tanlaganlar to‘g‘ri javob berishgan.

🪳Suratdagi qo‘ng‘iz ovqat tanlamaydi: u mayda hashoratlarni yeydi, shuningdek, gullardagi nektar va gulchanglar bilan oziqlanadi. Biroq, bu qo‘ng‘izning lichinkalari haqiqiy yirtqichlardir, chunki ular tırtıllar, mayda mollyuskalar, shira, oq pashsha, shuningdek, boshqa hashoratlarning lichinkalari va tuxumlarini iste’mol qiladi. Shuning uchun bu qo‘ng‘izning tabiatga foydasi ko‘p. Axir, zararkunandalarni yo‘q qilish orqali ular bog‘larda, polizlarda va sabzavot dalalarida o‘simliklarni qutqaradi.

Aytgancha, ilgari qishloq uylarida bunday qo‘ng‘izlar yordamida ular suvaraklarga qarshi kurashgan. Bunda uyga bunday qo‘ng‘izlardan bir nechtasini kiritish kifoya qilgan. Ularni ko‘rgan suvaraklar uyni tark etishgan.

#sorovnoma_natijalari

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM