QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA AGROPRO EXPO-2023

⚙️Ertaga, 21-fevral kuni Samarqandda “AGROPRO EXPO-2023” xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Unda turli qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlar, ehtiyot qismlar, sug‘orish tizimlari, issiqxonalar uchun uskunalar, shuningdek, urug‘lar, ko‘chatlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar namoyish etiladi. Bundan tashqari, ko‘rgazma ishtirokchilari mamlakat qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalarni taqdim etadilar. Ko‘rgazmada klasterlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, vazirlik va idoralar, shuningdek, hududiy boshqarmalar vakillaridan iborat 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

📝Ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligi forumi ham rejalashtirilgan bo‘lib, unda quyidagi mavzularda panel sessiyalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

🟠Qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🟠Oziq-ovqat sanoatida yuqori qiymat zanjirini yaratish tendensiyalari;
🟠Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalariga xizmatlar ko‘rsatish;
🟠Zamonaviy agrologistika va muzlatgichli omborlarda saqlashni tashkil etish usullari;
🟠Yer taqsimoti munosabatlari va suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar.

📆Ko‘rgazma 23-fevralgacha davom etadi.

#korgazma #qishloq_xojaligi #Samarqand #agroexpo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“AGROPRO EXPO – 2023” MEHMONLAR VA ISHTIROKCHILARNI KUTIB OLDI

🔰Bugun Samarqandda “AGROPRO EXPO – 2023” Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

Bu yerda 100 dan ortiq ishtirokchilar oʻz mahsulotlarini namoyish etmoqda.

#korgazma #qishloq_xojaligi #Samarqand #agroexpo
*****
AGROPRO EXPO-2023 ВСТРЕЧАЕТ ГОСТЕЙ И УЧАСТНИКОВ

🔰Сегодня в Самарканде начала свою работу Международная сельскохозяйственная выставка AGROPRO EXPO-2023.

Свою продукцию здесь представляют более 100 участников.

#выставка #сельское_хозяйство #Самарканд #агроэкспо

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM