VIVIPARIYA VA FILLODIYA NIMA⁉️
📝 Bugun #bu_qiziq rubrikasida inson uchun odatiy bo‘lmagan ayrim hodisalarning kelib chiqishi haqida hikoya qilamiz.
🌱 Vivipariya – urug‘larning meva ichida, ba‘zan pishmagan mevalarning sirtida unib chiqishi. Vivipariya ayniqsa, pomidorda ko‘p uchraydi. Vivipariyalar yashovchan bo‘lib, ularni ekish va yangi butalar olish mumkin.
🔃 Ko‘pincha vivipariyani butunlay boshqa hodisa bilan chalkashtiriladi. U fillodiya deb ataladi. Bu generativ organlarning (gullar yoki mevalar) barglarga aylanishi.
👆 Misol uchun, fotosuratlarda qulupnaydagi urug‘lar unib, barglar to‘plamiga aylanganini ko‘rishimiz mumkin (vivipariya kabi yangi o‘simliklar yoki ko‘chatlarga emas).
🦠 Fillodiya – vivipariya kabi zararsiz fiziologik o‘zgarish emas. Bu hodisa o‘simlikka fitoplazma yoki yashillik virusining yuqishidir. Odatda bunday virusning tarqalishi kam, lekin ekin maydonlaridagi 20% gacha o‘simliklar fillodiya bilan zararlangan holatlar mavjud. Mayda hasharotlar fillodiya patogenlarini tashuvchi hisoblanadi.
⚠️Ekin maydonlarida bunday rezavorlarning borligi xavotirli signaldir.
#vivipariya #fillodiya #meva #sabzavot
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM
⚠️Ekin maydonlarida bunday rezavorlarning borligi xavotirli signaldir.
#vivipariya #fillodiya #meva #sabzavot
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM