QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🍋LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

🟠Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari limonning vatani hisoblanadi.

🟠Bitta limon daraxtidan mavsumda o‘rtacha 300-350 dona meva olinadi.

🟠Limon daraxtlari 40 yildan ortiq yashamaydi va odatda balandligi 5-7 metrdan oshmaydi.

🟠Limon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Meksika va Hindiston o‘rtasida bo‘lingan.

🟠Pishgan limonda shakar, mevaning umumiy og‘irligining 3,5% gacha bo‘ladi.

🟠O‘rtacha limon qobig‘i uning massasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Qolgan 60% i pulpa va suyaklardir.

🟠Ichimlik limonadi birinchi marta limondan tayyorlangani uchun shunday nomlangan.

🟠Do‘kondan sotib olingan qattiq va pishmagan limon mikroto‘lqinli pechga 15-20 soniya qo‘yilsa, yumshoq va suvli bo‘ladi.

#sitrus #limon #bu_qiziq #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍋LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

🟠Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari limonning vatani hisoblanadi.

🟠Bitta limon daraxtidan mavsumda o‘rtacha 300-350 dona meva olinadi.

🟠Limon daraxtlari 40 yildan ortiq yashamaydi va odatda balandligi 5-7 metrdan oshmaydi.

🟠Limon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Meksika va Hindiston o‘rtasida bo‘lingan.

🟠Pishgan limonda shakar, mevaning umumiy og‘irligining 3,5% gacha bo‘ladi.

🟠O‘rtacha limon qobig‘i uning massasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Qolgan 60% i pulpa va suyaklardir.

🟠Limonad ichimligi birinchi marta limondan tayyorlangani uchun shunday nomlangan.

🟠Do‘kondan sotib olingan qattiq va pishmagan limon mikroto‘lqinli pechga 15-20 soniya qo‘yilsa, yumshoq va suvli bo‘ladi.

#sitrus #limon #bu_qiziq #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GOLUBIKA HAQIDA BILASIZMI

🟢Golubika eksportbop, qimmatbaho va noyob rezavor hisoblanib, mevasi toʻq koʻk rangda boʻladi.

🟢U ilk marta AQSHda isteʼmol uchun yetishtirila boshlangan.

🟢Respublikamiz poytaxti va Toshkent viloyatida tadbirkorlar tomonidan – golubikaning iqlimga mosligi oʻrganilmoqda.

🟢Golubikada inson salomatligi uchun nihoyatda foydali vitaminlar va mikroelementlar juda koʻp – noyobligining sababi ham shunda.

🟢Rezavor – C vitaminiga boy.

🟢Tarkibidagi flavonoidlar qon aylanishini yaxshilaydi, miya hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi. Antioksidantlar yalligʻlanish xavfini kamaytiradi.

🟢Shuningdek, golubika organizmdagi toksinlarni va qon tomirlaridagi tromblarni ketkazish xususiyatiga ega.

🟢200 gr. golubika 80 kaloriya va 9 grammgacha kletchatkani oʻz ichiga oladi. Bu qandli diabeti bor odamlar ratsioni uchun meʼyor hisoblanadi.

#bu_qiziq #golubika #faktlar #foydali

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHUMOLILAR: FOYDA YOKI ZARAR

🐜Infografikamizda ushbu hashoratlarning foydalari haqidagi faktlarni taqdim etamiz.

🔴Chumolilar tuproq tuzilishini yaxshilaydi. Ular tuproqni yumshatadi va uning qatlamlari orqali o‘tib, shamollatadi hamda yengillashtiradi. Ularning uyasi yaqinidagi yer osti yo‘llari bir necha kilometrga teng bo‘lishi mumkin. Va bu shuni anglatadiki, hashoratlar yashaydigan hududda tuproq juda zich bo‘lmaydi.

🔴Chumolilar chiqindi mahsulotlar hisobiga tuproqning gumus qatlamini yaxshilaydi. Tuproq bakteriyalarini oziqlantiradi va tuproqni ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi. Bu elementlar organik moddalarni qayta ishlovchi tuproq bakteriyalari uchun oziq-ovqat hisoblanadi.

🔴Chumolilar urug‘larni olib yuradi va shu bilan o‘simliklarning tarqalishiga yordam beradi.

🔴Chumolilar o‘lik yog‘ochning tez parchalanishiga yordam beradi. Ular foydali tuproq hosil qiluvchi funksiyaga ega bo‘lgan boshqa hashoratlar va aholi yashash joylari uchun qulay sharoitlar yaratadi.

🔴Chumolilar tirtillar, shilimshiqlar, barglar bilan oziqlanadigan va boshqa zararkunanda hashoratlarni yo‘q qiladi.

👉Batafsil

#infografika #chumolilar #foydali #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOVUQ TUXUMLARI VA TOVUQLAR HAQIDA: O'NTA QIZIQARLI FAKT

🐓Birinchi tovuq yoki tuxum paydo bo‘lgani haqidagi yakuni yo‘q tortishuvlarni ochiq deb hisoblaymiz. Ilm-fan nuqtai nazaridan qaralganda tuxum ilgari paydo bo‘lgan.

🟢Eng parhezli – broyler tovuqlarining oq go‘shti. Uning tarkibida to‘liq oqsillarning 20%, yog‘larning atigi 57% mavjud.

🟢Uy tovuqlarining tuxumlari deyarli har doim qushlarning quloqlari bilan bir xil rangda bo‘ladi. Oq quloqli zotlarning tuxumlari ham oq bo‘ladi. Qizil quloqli tovuqlar jigarrang tuxum qo‘yadi.

🟢Tuxum qo‘yadigan tovuq faqat yoritilgan xonada tuxum qo‘yadi. U quyosh nuri xonaga kirguncha yoki elektr chiroqlari yoqilguncha kutadi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #tovuq #tuxum #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QUYONLAR HAQIDA QIZIQARLI 10 TA FAKT

🐇Quyon—tovushqonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hisoblanadi. Ularni ko‘pincha tovushqon bilan almashtirishadi. Ammo biologik ma’noda qarindosh bo‘lishiga qaramay, bu hayvonlar o‘rtasida juda ko‘p farqlar mavjud.

🟢Quyonlar bir vaqtning o‘zida ikkita nasl tug‘ishi mumkin, ular turli vaqtlarda va ikki xil erkak quyondan tug‘iladi, chunki uning bachadoni ikkiga bo‘linadi. Bu esa  ushbu hayvonlarning unumdorligini qisman oshiradi.

🟢Quyon ovqatlansa, uning jag‘i daqiqasiga o‘rtacha ikki marta chaynash harakatini bajaradi va u juda uzoq vaqt yutib yubormasdan chaynashi mumkin.

🟢Tabiatda quyonlar o‘rtacha bir yil, asirlikda esa o‘n baravar ko‘proq yashaydi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #tovushqonlilar #quyon #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BOY OTA, BOG‘DA O‘RIK PISHIBDI...”

Asta pishib yetila boshlagan o‘rikning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishamiz.

💊O‘rik mevalarida A, B va C vitaminlari ko‘p miqdorda mavjud. Shu sababli, o‘rikni muntazam iste’mol qilish xotirani, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, vitamin yetishmasligidan xalos qiladi, ishchanlikni oshiradi.

🩸O‘rik qon bosim oshishida, aterosklerozda yordam beradi, qon tarkibini yaxshilaydi, yurakni tonusda ushlaydi, muhimi – bu xususiyatlar turshakda ham saqlanib qoladi.

🧬Barra o‘rik va o‘rik sharbati kamqonlikda va leykemiyada tavsiya qilinadi. Shuningdek, o‘rik saraton hujayralari yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi va og‘ir metallar bilan zaharlanishda yordam beradi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #orik #faktlar
*****
ПЕРВЫЕ В СЕЗОНЕ АБРИКОСЫ УЖЕ ПОСПЕЛИ

Поговорим о лечебных свойствах этого фрукта.

💊В плодах абрикосов повышенное содержание витаминов А, В и C. Поэтому при регулярном употреблении абрикос благотворно влияет на память, работу желудка, предупреждает авитаминоз, повышает работоспособность.

🩸Эти фрукты помогают при гипертонической болезни, атеросклерозе, улучшают состав крови, поддерживают сердце в тонусе, причем полезными качествами обладают не только свежие, но и сушеные абрикосы.

🧬Свежие абрикосы и абрикосовый сок рекомендуют употреблять при малокровии и лейкемии. А также абрикос препятствует образованию раковых клеток и помогает при отравлении тяжелыми металлами.

👉Подробнее

#это_интересно #абрикос #факты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QO‘YLAR HAQIDA 10 TA QIZIQ FAKT

🐏Eng ko‘p tarqalgan uy hayvoni – qo‘ylar haqida biz bilmagan ma'lumotlar ham bormi? Bor ekan. Marhamat, o‘zingiz tanishib chiqing va baho bering – siz ulardan xabardormidingiz?

🟢Qo‘y – ko‘z qorachig‘i to‘g‘ri to‘rburchak shaklida bo‘lgan sanoqli mavjudotlardan biri.
🟢Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, tajribalar qo‘ylar ajoyib xotiraga ega ekanligini ko‘rsatdi.
🟢Qo‘ylarda eshitish qobiliyati juda yaxshi, shu sababli ular keskin tovushdan qo‘rqadi.
🟢Qo‘ylar uzoq vaqt yolg‘iz yashay olmaydi. Podadan ayri qolsa, ular vahimaga tushadi va vaqt o‘tgan sari bu vahima kuchayaveradi.
🟢Dunyoda jami olti yuzta atrofida qo‘y zoti mavjud.
🟢Hozirga qadar olimlar qo‘y junining sifati va issiqlikni saqlash xususiyati aslidan qolishmaydigan sintetik analogini yarata olishmagan.
🟢Ochiq joyga chiqib qolgan qo‘y podasi cho‘chib, to‘planib oladi. To‘siq yoki devor mavjudligi esa, ularni tinchlantiradi.
🟢Katta yoshli qo‘ydan bir martada 10 kg.gacha jun olish mumkin.
🟢Eng uzoq umr ko‘ruvchi qo‘ylar – qor qo‘ylari, ular 22-24 yilgacha yashashi mumkin.
🟢Eng qimmat zotli qo‘yning bir donasi million dollardan qimmatroq turadi.

#bu_qiziq #qoylar #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
POREY PIYOZI HAQIDA BILASIZMI?

🧅Ilmiy nomi – Allium porrum, “marvarid piyoz” nomiga ega. U asli Osiyoda yetishtirilgan bo‘lib, O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘tgan va hozirda dunyoning ko‘plab mintaqalarida uchratish mumkin.

Porey piyozi haqidagi faktlar:

🟢Xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, jismoniy va asabiy zo‘riqishda yordam beradi.

🟢Ochiq rangli poyasi inulin, kempferol, allisin va dialliltrisulfid kabi antikanserogen (saratonga qarshi) birikmalarga ega.

🟢C vitaminiga boy va o‘ziga xos xususiyatga ega: uzoq saqlangan poreyda aksorbin kislotasi miqdori 1,5 baravar ortadi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #piyoz #porey_piyozi #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QIZIQ FAKTLAR

🍅Pomidor bir paytlar zaharli sanalgan.
🍋Limonda shakar miqdori qulupnaydagidan ko‘proq.
🍯Asal hech qachon eskirmaydi.
🍊“Apelsin” so‘zi golland tilidan tarjima qilganda “Xitoy olmasi” ma'nosini anglatadi.
🍎Olmada antioksidantlar banandagiga qaraganda besh barobar ko‘proq.
📚Mevalarni o‘rganuvchi fan “pomologiya” deb ataladi.
🍒Aslini olganda, meva – bu daraxt yoki butaning urug‘ joylashgan qismidir. Ya'ni, ichida urug‘ bor bo‘lsa – meva bo‘ladi.
🥕“Sabzavot” esa, aslida, pazandachilikka oid atama. Ya'ni, biz “sabzavot” deb umumlashtirib aytadiganimiz – bu o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi va hokazo bo‘lishi mumkin. Uy bekalari esa, ko‘p hollarda, shirin bo‘lsa – meva, qolgani – sabzavot deb sanaydilar.
☕️Qahva donalari, aslida, don emas. U mevaning danagi sanaladi.
🍏Dunyoda eng keng tarqalgan meva – bu olma. Markaziy Osiyo hududida paydo bo‘lgan olma butun olamga tarqalgan va hozirga kelib eng ko‘p ekiladigan meva daraxti sanaladi.

#bu_qiziq #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
TUPROQ HAQIDA BESHTA FAKT

🟠Tuproqsiz hayot yo‘q. Va hayotsiz tuproq ham bo‘lmaydi.
Amerika tuproqshunoslari jamiyatiga ko‘ra, tuproq – bu foydali qazilmalar, havo, suv va tirik organizmlar yig‘indisi bo‘lib, ular qatlamlarda to‘planib, vaqt o‘tgan sayin zichlashib boraveradi. Tuproq bioxilma-xillikning eng yirik rezervuarlaridan biri bo‘lib, sayyoradagi hayotning qariyb uchdan bir qismini o‘zida jamlaydi! Bir qoshiq tuproq milliardlab mikroblar uchun vatan bo‘lishi mumkin.

🟠Tuproq – okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi uglerod omboridir.
Tuproq ulgerodning eng yirik manbai,
shuningdek, yirik ombori ham – unda quruqlikdagi uglerodning taqriban 75%i saqlanadi. Tuproqning uglerodni saqlashdek tabiiy qobiliyati iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashishda muhim ahamiyatga ega.

🟠Tuproq – sayyoradagi tabiiy suvlarning eng yirik filtri.
Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, lekin dunyodagi butun toza suv ta'minoti tuproq tufayli ro‘y beradi – u har yili o‘n ming kubokilometrlab suvni filtrlab beradi. Qattiq yuzaga tushgan suv okeanga butun iflosliklarni olib borib tashlaydi. Tuproqqa tushgan suv esa, tabiiy filtratsiyadan o‘tadi.

🟠Tuproq – jahon oziq-ovqat xavfsizligining kafolati.
Oziq-ovqat bilan ta'minlash tuproqdan boshlanadi, chunki tuproq – biz yeyayotgan barcha narsaning manbasidir.

🟠Sog‘lom tuproq – sog‘lom odamlar.
Tuproqda yashaydigan mikroorganizmlardan tibbiyotda davolash uchun foydalanishlarini bilarmidingiz? Aslini olganda, infeksiyalarga qarshi kurashishda biz qo‘llaydigan barcha antibiotiklarning kelib chiqishi tuproqqa borib taqaladi. Aynan tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar insoniyatga streptomitsin va siklosporin kabi hayotiy muhim dori-darmonlar in'om etgan.

#bu_qiziq #tuproq #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM