QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Seminar #aprobatsiya #paxtachilik

📍Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Namangan viloyatining Elita urug‘chilik xo‘jaligida urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Unda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari, aprobatsiya komissiyasi aʼzolari, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ekpertlar, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishmoqda.

🔸Seminar davomida urug‘lik uchun ajratilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish, urug‘lik paxtani terish, qabul qilish va saqlash masalalari muhokama etiladi.

Batafsil maʼlumotlarni kuzatib boring
#aprobatsiya #Buxoro

Avval O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Namangan Elita urug‘chilik xo‘jaligida urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

🔰Ayni damda dala aprobatsiya ko‘rigi bo‘yicha seminar Buxoro viloyati “G‘ijduvon super elita” MCHJ korxonasi hududida o‘tkazilmoqda. Unda tegishli tashkilot va idoralar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar, g‘o‘za navlari mualliflari va boshqa mutaxassislardan iborat 180 nafardan ortiq qatnashchilar ishtirok etishmoqda.

🔰Seminar davomida navning haqiqiy nav tozaligi, nav aralashmalari, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasi, kutilayotgan umumiy paxta hosili, urug‘lik paxta va chigiti miqdorini aniqlash, shuningdek, bu yo‘nalishda zaruriy chora-tadbirlarni belgilab olish maqsad qilingan.