BIOMOLEKULALAR – QURG‘OQCHILIKKA QARSHI YECHIM...MI?
💧Qurg‘oqchilikning salbiy oqibatlari allaqachon ko‘rina boshlagan. Tog‘lardagi o‘simlik qoplamining qisqarishi, dehqonchilik mavsumida suvning keskin cheklanishi, yer osti suvlarining chekinishi... Bu ketish bo‘lsa, cho‘llashuv keng quloch yozishi hech gap emas.
Yechim bormi❓
🔬 Ilmiy asoslangan yechimlari ko‘p. Bir emas, bir necha. O‘zbekiston mikrobiologlari ana shunday yechimlardan birini taklif etmoqda. Mikrobiolog olim, O‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikrob biotexnologiyasi laboratoriya mudiri, fan doktori Baxtiyor Rasulovga ko‘ra, bu kuz, qish va erta bahorgi yog‘inning uzoq vaqt tuproqda saqlanish imkonini beradigan biotexnologiya bo‘lib, tabiiy, ekologik maqbul va arzon yechim sanaladi.
🧬Gap shundaki, tuproq bakteriyalari ko‘plab biomolekulalarni hosil qiladi. Ular orasida ekzopolisaxarid degan toifasi bor. Bir xususiyati – suvni yaxshi ushlaydi. Tuproqqa solinsa, namini uzoq muddat saqlab turadi: 1 grammi 120 gramm atrofida suvni biriktirib oladi. “Qo‘lga tushgan” suv 2-3 oy davomida tuproqda saqlanadi. Bu muddatda o‘simlik bemalol rivojlanadi. Taklif etayotgan usul uchun sug‘orish kerak emas. Kuz, qish va erta bahorning yomg‘ir-suvi yetadi.
👉Batafsil
#bu_qiziq #biomolekulalar #mikrobiologiya #genetika_va_osimliklar #biotexnologiya #ekzopolisaxarid
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
💧Qurg‘oqchilikning salbiy oqibatlari allaqachon ko‘rina boshlagan. Tog‘lardagi o‘simlik qoplamining qisqarishi, dehqonchilik mavsumida suvning keskin cheklanishi, yer osti suvlarining chekinishi... Bu ketish bo‘lsa, cho‘llashuv keng quloch yozishi hech gap emas.
Yechim bormi
🧬Gap shundaki, tuproq bakteriyalari ko‘plab biomolekulalarni hosil qiladi. Ular orasida ekzopolisaxarid degan toifasi bor. Bir xususiyati – suvni yaxshi ushlaydi. Tuproqqa solinsa, namini uzoq muddat saqlab turadi: 1 grammi 120 gramm atrofida suvni biriktirib oladi. “Qo‘lga tushgan” suv 2-3 oy davomida tuproqda saqlanadi. Bu muddatda o‘simlik bemalol rivojlanadi. Taklif etayotgan usul uchun sug‘orish kerak emas. Kuz, qish va erta bahorning yomg‘ir-suvi yetadi.
👉Batafsil
#bu_qiziq #biomolekulalar #mikrobiologiya #genetika_va_osimliklar #biotexnologiya #ekzopolisaxarid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OLXO‘RINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
🟢 Jigarga davo. Olxo‘ri va olxo‘ri sharbati jigarni salbiy ta'sirlardan himoya qiladi va turli kasalliklar rivojlanishining oldini oladi.
🟢 Vaznni me'yorda ushlashga yordam beradi. Olxo‘rida kletchatka ko‘p bo‘lib, uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi.
🟢 Tomirlar salomatligini mustahkamlaydi. Qora olxo‘ri iste'moli qon bosimini va “yomon” xolesterin darajasini sezilarli pasaytiradi.
🟢 Yoshlikni uzaytiradi. Olxo‘rida antioksidantlar ko‘p miqdorda mavjud. Shuningdek, olxo‘ri xotira yaxshilanishiga yordam beradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi.
🟢 Suyak to‘qimalarini mustahkamlaydi. Olxo‘rini muntazam iste'mol qilish nafaqat ichki organlar, balki suyaklar holatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Undagi bor moddasi suyak va mushaklarni mustahkamlaydi.
🟢 Temir tanqisligining oldini oladi. Olxo‘ri temir moddasiga boy – 100 g mevada 2,1 mg temir mavjud.
🟢 Ovqat hazm qilish uchun foydali. Perstaltikani yengil rag‘batlantirib, ich qotishning oldini oladi.
Olxo‘rining foydali xususiyatlari ko‘p bo‘lsa-da, mutaxassislar bir jihatni yoddan chiqarmaslikni ta'kidlaydilar: bu mevani haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish qorin dam bo‘lishi, ich ketishi va allergiya reaksiyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
#bu_qiziq #olxori
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Olxo‘rining foydali xususiyatlari ko‘p bo‘lsa-da, mutaxassislar bir jihatni yoddan chiqarmaslikni ta'kidlaydilar: bu mevani haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish qorin dam bo‘lishi, ich ketishi va allergiya reaksiyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
#bu_qiziq #olxori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YAPONLARDAN YANGICHA MEVA – LIMON-QOVUN HAQIDA ESHITGANMISIZ?
💡 Yaqindan boshlab Yaponiya do‘konlarida noyob meva – limon-qovun sotila boshladi. G‘ayrioddiy ko‘rinishga va ajoyib ta'mga ega bu meva yaponlarga ma'qul keldi.
Yangi meva katta emas – tovuq tuxumidek keladi. O‘zi sersuv, o‘ta shirin, shu bilan birga limonni eslatuvchi biroz nordon ta'mga ham ega. Uni tatib ko‘rganlar yoz uchun eng bop meva deya ta'riflaydilar.
Bundan tashqari, limon-qovun C, A, E va B guruhi vitaminlariga, shuningdek kaliy, magniy va temir kabi mikroelementlarga boy. Bu moddalar immun tizimini mustahkamlashga, ko‘z nurini yaxshilashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga va qondagi gemoglobin darajasini oshirishga ko‘mak beradi. Shuningdek, limon-qovun ajoyib diuretik bo‘lib, organizmni toksinlar va shlaklardan tozalashga xizmat qiladi.
Limon-qovun 1980-yillarda boshlangan tajriba mahsulidir. Yapon olimlari qovunning ikki navini chatishtirib, yorqin sariq rangga va limonga o‘xshaydigan mayin teksturali etga ega gibridni olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Limon-qovun nisbatan yangi meva bo‘lsa-da, o‘zining noyob ta'mi va foydali xususiyatlari tufayli tezda shuhrat qozondi. Bugungi kunda yapon fermerlari ushbu ekinni alohida mehr va e'tibor bilan yetishtirmoqdalar.
#bu_qiziq #limon_qovun

FEYK XABARLAR HAQIDA KO‘P GAPIRILGAN. FEYK O‘SIMLIK HAQIDA-CHI, ESHITGANMISIZ?
🌱 Ha, shunday ham bo‘ladi. Tahririyatimizga go‘yoki Hindistonda o‘sadigan “mo‘jizaviy” o‘simlik – Kalir-kanda haqida yozishimiz so‘ralgan murojaat kelib tushdi. Emishki, bu daraxt bargidan ikki donasini yegan insonni bir hafta qorin ochligi bezovta qilmasmish! Albatta, bu ma'lumot bizni (ayniqsa, tahririyatdagi ozish istagida yurganlarni) qiziqtirib qo‘ydi – ovqat yemasangizu, qorningiz ham ochmasa, bu qanday ajoyib parhez!
Internet tarmog‘idan axborot yig‘dik, o‘rgandik. Ko‘rsak – birorta jiddiy saytda bu “mo‘jizakor” o‘simlik haqida aytilmagan. “Kalir-kanda” deb izlasangiz, asosan biologik faol qo‘shimchalar sotuvchi resurslar, oldi-qochdi xabarlar saytlari va... feyklardan ogohlantiruvchi manbalar chiqib keladi. “Kalir-kanda” shu darajada mashhur yolg‘on ekanki, hatto “faktcheking” – haqqoniy axborotni yolg‘ondan ajratishga bag‘ishlangan materiallarda uni yaqqol misol tariqasida keltirar ekanlar.
Xullas, aslini olganda, tabiatda bunday o‘simlik mavjud emas, uning lotincha nomiyam yo‘q, yolg‘on axborotga “isbot” o‘laroq tirkaladigan suratda esa, ko‘p hollarda, haqiqatan mavjud “Non daraxti” – Artocarpus altilis aks etgan bo‘ladi. Ammo u haftalab qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega emas.
Mana shunday, tabiatda o‘zi boru nomi yo‘q o‘simliklar singari, nomi boru, o‘zi yo‘q o‘simliklar ham uchrar ekan.
#bu_qiziq #feyk #kalir_kanda
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Internet tarmog‘idan axborot yig‘dik, o‘rgandik. Ko‘rsak – birorta jiddiy saytda bu “mo‘jizakor” o‘simlik haqida aytilmagan. “Kalir-kanda” deb izlasangiz, asosan biologik faol qo‘shimchalar sotuvchi resurslar, oldi-qochdi xabarlar saytlari va... feyklardan ogohlantiruvchi manbalar chiqib keladi. “Kalir-kanda” shu darajada mashhur yolg‘on ekanki, hatto “faktcheking” – haqqoniy axborotni yolg‘ondan ajratishga bag‘ishlangan materiallarda uni yaqqol misol tariqasida keltirar ekanlar.
Xullas, aslini olganda, tabiatda bunday o‘simlik mavjud emas, uning lotincha nomiyam yo‘q, yolg‘on axborotga “isbot” o‘laroq tirkaladigan suratda esa, ko‘p hollarda, haqiqatan mavjud “Non daraxti” – Artocarpus altilis aks etgan bo‘ladi. Ammo u haftalab qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega emas.
Mana shunday, tabiatda o‘zi boru nomi yo‘q o‘simliklar singari, nomi boru, o‘zi yo‘q o‘simliklar ham uchrar ekan.
#bu_qiziq #feyk #kalir_kanda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAYYORAMIZ HAYOTINING 90%IDA DARAXTLAR BO‘LMAGAN
🌳Sayyoramizga 4,5 milliard yil bo‘lgan bo‘lsa, shuning katta qismida daraxtlar mutlaqo bo‘lmagan. Ular nisbatan yaqinda – “atigi” 470 million yil oldin mustahkam ildizlarga ega bo‘lmagan mox shaklida paydo bo‘lgan. Ilk ildizli o‘simliklar 420 million yil oldin yuzaga kelgan va bo‘yi 1 metrdan oshmagan.
📈 Asta-sekin daraxtlar poyada o‘sishga va ozuqa moddalarini ildizdan olish tizimini rivojlantirishga “o‘rgandi”lar. Buni birinchi bo‘lib “o‘rganib” olgan o‘simliklar qirqquloqlar bo‘lgan.
🤔Bilarmidingiz?
#bu_qiziq #daraxtlar
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🌳Sayyoramizga 4,5 milliard yil bo‘lgan bo‘lsa, shuning katta qismida daraxtlar mutlaqo bo‘lmagan. Ular nisbatan yaqinda – “atigi” 470 million yil oldin mustahkam ildizlarga ega bo‘lmagan mox shaklida paydo bo‘lgan. Ilk ildizli o‘simliklar 420 million yil oldin yuzaga kelgan va bo‘yi 1 metrdan oshmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Banan – bu reza meva, banan daraxti esa, aslida, 15 metrgacha o‘sishi mumkin bo‘lgan o‘t.
Bilarmidingiz❓
Yo‘q bo‘lsa, keling, birga bilib olamiz.
🍌Reza meva deb bitta tuxumdonga ega bir gulda o‘sadigan, danaksiz mevaga aytiladi. Binobarin, kivi va banan ham reza meva sanaladi. Banan tabiiy antatsid ta'sirga ega (oshqozondagi rN ni oshirib, oshqozon kislotasini neytrallashtiradi), shu sababli, jig‘ildon qaynaganda banan iste'moli foyda beradi.
Har qanday reza mevada bo‘lgani kabi, bananda ham urug‘ mavjud, lekin juda mayda bo‘lgani sababli, mutlaqo sezilmaydi. Yovvoyi bananning aksariyatini yeb bo‘lmaydi, chunki ularda urug‘lar juda ko‘p, o‘zlari mayda bo‘ladi. Hozirgi kundagi bananlarga erishish uchun ming yillab seleksiya ishlari olib borilgan.
Banan, tabiiy holatda, biroz radioaktiv sanaladi, chunki unda kaliy (tabiiy radioaktiv izotop) mavjud. Ammo bu xavfli emas, chunki radiatsiya miqdori nihoyatda kam – halokatli doza olish uchun qisqa muddat ichida 100 000 000 dona banan yeyish kerak bo‘lardi. Banan tolasi qog‘oz va mato tayyorlashda ham qo‘llaniladi. Banan tolalaridan tayyorlangan mato “bashofu” deb ataladi va asrlar davomida Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Tola banan daraxtidan olinadi, bu noyob mato paxta yoki ipakdan ancha mustahkam.
Yana bir qiziq ma'lumot – genetiklar aytishlaricha, inson DNKi 50 foizga banan DNKi bilan bir xildir.
#bu_qiziq #banan
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Bilarmidingiz

ENG KO‘P DAROMAD KELTIRADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI (1000 KV. M.DAN AQSH DOLLARIDA):
🟢 pomidor — 1, 415 mln AQSH dollari
🟢 uzum — 625 ming AQSH dollari
🟢 kartoshka — 365 ming AQSH dollari
🟢 boshqa sabzavotlar — 305 ming AQSH dollari
🟢 tamaki — 277 ming AQSH dollari
🟢 qand lavlagisi — 270 ming AQSH dollari
🟢 choy — 178 ming AQSH dollari
🟢 maniok — 153 ming AQSH dollari
🟢 palma daraxti — 145 ming AQSH dollari
🟢 guruch — 140 ming AQSh dollari
🟢 qahva — 107 ming AQSh dollari
🟢 mais — 79 ming AQSH dollari
🟢 soya — 72 ming AQSH dollari
🟢 raps — 60 ming AQSH dollari
🟢 bug‘doy — 56 ming AQSH dollari
🟢 arpa — 36 ming AQSH dollari
🟢 dukkaklilar — 30 ming AQSH dollari
Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.
#bu_qiziq #daromad #qishloq_xojaligi
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.
#bu_qiziq #daromad #qishloq_xojaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆GINNESNING REKORDLAR KITOBIDAN JOY OLGAN DUNYODAGI UCHTA ENG YIRIK SABZAVOT
🟢 Karam – 34 kg. Dunyodagi eng katta karamni Amerikaning Alyaska shtatida yashovchi oila yetishtirgan. Bu hudud sabzavotlar yetishtirish uchun unchalik bop bo‘lmasa ham, Evanslar oilasi buning uddasidan chiqdi. 1997-yilda jahondagi eng yirik bosh karam yetishtirildi va darhol Ginnesning rekordlar kitobiga tushdi. Uning vazni 34 kilogrammdan ziyodroq chiqdi.
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.
🟠 Qovoqcha (kabachok) – 54 kg. Piter Gleyzbrk sabzavotlar yetishtirish borasida bir qancha rekordlar muallifi sanaladi. Bu ingliz fermeri Ginnesning rekordlar kitobi talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng katta qovoqcha (kabachok) yetishtira olgan. Sabzavotning vazni 54 kilogramm, bo‘yi esa 67 santimetr bo‘lgan. Gigantni festivalga olib kelish uchun Piter o‘z tanishi – mashhur sportchi Jonatan Uokerdan yordam so‘raydi. Bugungi kungacha inglizning rekordini yangilay oladigan odam topilmadi.
🔴 Bosh piyoz – 9 kg. Yana o‘sha angliyalik Piter Gleyzbrk dunyodagi eng katta piyozni 2015-yilda yetishtirdi. Piyozning kattaligi inson boshiga 2 baravar kelardi. Vazni esa, 9 kilogramm chiqdi. Bu g‘aroyibotni yetishtirishga atigi ikki yarim oy vaqt ketgan. Bu ingliz mirishkorining Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan uchinchi rekordi bo‘ldi.
❓ Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.
#bu_qiziq #sabzavot #rekord
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.
#bu_qiziq #sabzavot #rekord
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌻 Kungaboqar haqida yettita fakt
1. Kungaboqarning aslida 70 ta atrofida turi mavjud. Kungaboqar – bu faqat o‘rtasi qoramtir bo‘lgan sariq “quyosh”lar emas. Uning qizil, pushti va jigarrang turlari ham mavjud.
2. Kungaboqar boshchalari quyosh nurlar yo‘nalishi bo‘ylab buriladi. Ushbu ajoyib xislati tufayli ham u “kungaboqar” deb nomlangan. Ilmiy tilda esa, bu xususiyat “geliotropizma” deb ataladi.
3. Ayrim turlarning balandligi 7 m.ga yetadi, ildizi esa yer qa'riga 3 m.gacha kirib borishi mumkin.
4. Kungaboqar – ajoyib antidot. Agar tuproq kimyoviy moddalar bilan zaharlangan bo‘lsa, uni tozalash uchun kungaboqar ekiladi. Gul ildizlari tuproqni barcha xavfli moddalar va bakteriyalardan xalos etadi.
5. Aslida kungaboqar – bitta emas, minglab gullar to‘plami. Har bir to‘pgulda ko‘plab gulchalar bo‘lib, har biri mazali urug‘ beradi.
6. Kungaboqar 5000 yildan buyon ekiladi. Bu ekin bug‘doydan ham oldin madaniylashtirilgan. Uning vatani Janubiy va Shimoliy Amerika sanaladi.
7. Dastlab kungaboqar faqat dekorativ gul sifatida ekilgan. Faqat XIX asrga kelibgina uning urug‘idan yog‘ ola boshlangan va gullar qishloq xo‘jaligi ekiniga aylangan.
#bu_qiziq #kungaboqar

PAXTA HAQIDA 5 TA QIZIQ FAKT
🟢 Paxta – insoniyat madaniylashtirgan ilk o‘simliklardan biri. Arxeologlar isbotlashicha, Hind vodiysida paxta 7000 yil oldin ham yetishtirilgan.
🟢 Paxta tolalari hayratlanarli shimuvchanlik xususiyatiga ega. Paxta o‘z vaznidan 27 barobar ko‘proq suvni shimishi mumkin. Ivish orqali paxta faqat mustahkamroq bo‘lib boradi.
🟢 To‘rt mamlakatning davlat ramzida paxta aks etgan: O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston.
🟢 Tabiiy paxta uch rangda bo‘ladi: oq, jigarrang, yashil.
🟢 Ilk paxta terish mashinalari XIX asrda paydo bo‘lgan, shunday bo‘lsa-da, hozirgacha dunyoda paxtaning 60 foiziga yaqini qo‘lda teriladi. Paxta hosili to‘liqligicha mashinada teriladigan mamlakatlar faqat AQSh va Avstraliyadir. Xitoy, Hindiston va Pokistonda butun paxta hosili qo‘lda terib olinadi.
#bu_qiziq #paxta