QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qishloqxojaligi #agro #kartoshka #uruglik
🥔 TAKRORIY EKIN SIFATIDA KARTOSHKA YETISHTIRILMOQDA
Kartoshkani takroriy ekin sifatida qanday va qaysi muddatda ekilishini bilasizmi?
Uning foydali jihatlaridan nechog‘li xabardorsiz?
Kartoshkani almashlab ekishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Shu kabi muhim savollarning javoblari maqolamizda.
---------------------------------------------
#картошка #семена
🥔 ВЫРАЩИВАНИЕ КАРТОФЕЛЯ В КАЧЕСТВЕ ПОВТОРНОЙ КУЛЬТУРЫ
Знаете ли вы, как и когда выращивать картофель в качестве повторной культуры?
Что вы знаете о преимуществах этой культуры?
На что следует обратить внимание при севообороте картофеля?
Ответы на эти и другие вопросы читайте в нашей статье.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshka #vengriyatajribasi

IN-VITRO KARTOSHKASI VENGER TEXNOLOGIYASI BO‘YICHA TAJRIBA TARIQASIDA ISSIQXONAGA EKILDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazida kartoshka o‘simligining 5 ta in-vitro (virus free) navi ilmiy-tadqiqot instituti issiqxonasiga tajriba maqsadida joylashtirildi. O‘simlik navlari Vengriya texnologiyasi bo‘yicha ekildi.

Ushbu tajriba “Vengriya kartoshka navlari urug‘ini ishlab chiqarish texnologiyasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Ekish jarayoniga Toshkent davlat agrar universiteti talabalari, institut yosh olimlari jalb etildi. Jarayon Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti (MATE) professori Jolt Polgar (Vengriya) tomonidan boshqarildi va muvofiqlashtirildi (zoom orqali).

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #kartoshka #urugchilik

URUG‘LIK KARTOSHKANI YETISHTIRISH VA SERTIFIKATLASH BOYICHA TRENINGLAR O‘TKAZILMOQDA

🥔2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urug‘lik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlash bo‘yicha treninglar hamda seminarlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Treninglar mavzusi “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” bo‘lib, ularni FAOning kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olibbormoqda.

👉Batafsil ma’lumotlarni saytimizda o‘qing

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida “Kartoshkaning ikki oyda pishadigan yangi mahalliy navi yaratilgani” to‘g‘risidagi lavha efirga uzatildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Sayfiddin Lapasov yangi navning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikrlarini bildirgan.

#repost #Ozbekiston_24 #yangi_nav #kartoshka

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
KARTOSHKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR:

🟢Kartoshkaning vatani Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlari hisoblanadi, uni birinchi marta 1536-1537-yillarda ispan dengizchilari kashf etgan.
🟢XVI asr oxiri va XVII asr davomida kartoshka butun Yevropa qit‘asiga tarqaldi.
🟢O‘zbekistonda kartoshka ilk bor 1855-1856-yillarda paydo bo‘lgan. Uni Toshkent yaqinidagi Noʻgʻay-Qoʻrgʻon va Burch-mulla qishloqlariga Gʻarbiy Sibirdan qochoq tatarlar olib kelishgan.
🟢1995-yilda kartoshka kosmosda yetishtirilgan birinchi sabzavotga aylandi.
🟢Kartoshkada ko‘p miqdorda C vitamini, PP vitamini, B vitamin guruhlari hamda temir, fosfor, kaliy, magniy, marganes, rux, ftor, mis minerallari mavjud.
🟢Kartoshkadagi barcha mineral moddalarning 70% ni kaliy tuzlari tashkil etadi. Kaliy tanadan suv va osh tuzini ketkazishga yordam beradi.
🟢Uning kaloriyaviy miqdori ancha yuqori: 100 gr. - 83 kkal. Bu boshqa sabzavotlarga qaraganda 2-3 barobar ko‘p.
🟢Diyetologlarning fikricha, yoshi kattalar uchun kartoshkaning kunlik normasi 250 gr.dan oshmaydi.

Infografikada ushbu ekinni yetishtirish bo‘yicha ulushi eng ko‘p bo‘lgan respublikamizning hududlarini taqdim etamiz.

#infografika #kartoshka #foydali #fakt

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANING “TOSHKENT ERTAGISI” NAVI IXTIRO QILINDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlarining ko‘p yillik samarali izlanishlari natijasida kartoshkaning O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitiga mos, ertapishar “Toshkent ertagisi” navi ixtiro qilindi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshka #yangi_nav
*****
СОЗДАН СОРТ КАРТОФЕЛЯ «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ»

🥔В результате плодотворных многолетних исследований ученых-селекционеров НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был создан сорт скороспелого картофеля «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ», который полностью адаптирован к почвенно-климатическим условиям Узбекистана.

#НИИ #картофель #новый_сорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“BATAT” KARTOSHKASI: SERHOSIL VA SUVSIZLIKKA CHIDAMLI

🥔Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi
ning jamoasi ham sohada ko‘pgina ilmiy loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqda.

Institutda sabzavot-poliz ekinlarining 300 dan ortiq nav namunalari sinovdan o‘tkazilib, bugungi qadar 36 ta yangi nav yaratilgan.

👉Batafsil

#kartoshka #ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_nav #Samarqand
*****
СОРТ КАРТОФЕЛЯ" БАТАТ": ВЫСОКОУРОЖАЙНЫЙ И ЗАСУХОУСТОЙЧИВЫЙ

🥔
Коллектив Самаркандской научно-опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля проводит исследования в рамках множества научных проектов в сфере.

В институте испытано более 300 сортов овощебахчевых культур и на сегодняшний день создано 36 новых сортов.

👉Подробнее

#картофель #НИИ #новый_сорт #Самарканд

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN BARAKA TOPAYOTGAN FERMER

🌱Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi a’zolari ezgu maqsadni diliga tugib, yerga urug‘ qadaganlardan. Tashkil etilganiga unchalik ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, fermer xo‘jaligi hozirda yetishtirgan mahsuloti bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

“Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda fermer xo‘jaligining 18 gektar yer maydonida turli sabzavot ekinlari ekilmoqda. Xususan, 3 gektar yer maydoniga ertapishar piyoz ekildi. Shuningdek, 3 gektar maydonga ekilgan sarimsoqdan mo‘l hosil olinib, eksportga yuborish arafasida.

Ishning ko‘zini bilgan fermerning bir qarich yeri ham bo‘sh qolmayapdi. 5 gektarlik maydon “Lajain” navli pomidorga ajratildi. Ushbu nav suvsizlikka chidamli, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi Gollandiyaning “Evolyushn”, “Arizona” navli kartoshkalarini ham sinov tariqasida ekdi. Ushbu kartoshka navi mamlakatimizning tuproq iqlim sharoitiga mosligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi.

#fermer #dehqon #sabzavot_ekinlari #ertapishar_piyoz #pomidor #kartoshka #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA O‘ZBEKISTON–KOREYA KARTOSHKA URUG‘CHILIGI MARKAZI ISH BOSHLADI

🤝Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi, Koreya qishloq hududlarni rivojlantirish korporatsiyasi yetakchi mutaxassislaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi Samarqandda bo‘ldi. Tashrif doirasida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “O‘zbekiston–Koreya kartoshka urug‘chiligi markazi” tashkil etildi.
*****
В САМАРКАНДЕ НАЧАЛ СВОЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЗБЕКСКО-КОРЕЙСКИЙ ЦЕНТР СЕМЕНОВОДСТВА КАРТОФЕЛЯ

🤝Недавно Самарканд посетила экспертная группа в составе ведущих специалистов Министерства сельского хозяйства, продовольствия и развития сельских территорий Республики Корея и Корейской корпорации развития сельских территорий. В рамках визита на базе Самаркандского института агроинноваций и исследований создан «Узбекско-Корейский центр семеноводства картофеля».

#xalqaro_hamkorlik #kartoshka_urugchiligi_markazi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 TAKRORIY EKIN — QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan fermer va dehqonlar sohaga innovatsion, samarali usullarni joriy etish orqali yiliga 2-3 martagacha yuqori mahsuldorlikka erishish yo‘lida izlanmoqdalar.

🥔 Jumladan,  Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Gulbuloq sabzavotlar makoni ” fermer xo‘jaligi rahbari O‘g‘iloy Uralova ham ana shunday ilg‘or sohaning izlanuvchan fidoiylaridan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U fermer xo‘jaligi balansidagi 8 gektar yer maydonidan unumli foydalanib yiliga ikki martadan hosil olmoqda. Fermer xo‘jaligi faoliyat turi sabzavotchilik yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, asosan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi. Ma’lumki, mirishkorlar uchun yilning 4 faslida ham ish qizg‘in kechadi. Ayni kunlarda O‘g‘iloy opa fermer xo‘jaligida ham ikkinchi ekin hosilini yig‘ishtirish arafasida. Fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida ikkinchi ekin sifatida 2 gektarida loviya, 6 gektarida kartoshka parvarishlagan. Ma’lum qilinishicha, poliz maydonida Pokiston davlatining “Savella” kartoshka navi ekilgan bo‘lib, ushbu kartoshka bahorgi birinchi mavsumda ekilganda gektariga 30-35 tonna hosil bersa, kuzgi mavsumda takroriy ekin sifatida ekilsa, gektariga 20 tonna hosil olish mumkin. Dehqon opamizning ta’kidlashicha, hozirda ob-havoning noqulay sharoiti sabab loviya hosilini yig‘ishtirmay turibdi.

🔸 Agarda loviya hozir yig‘ib olinsa, hosilga nam tegishi natijasida unga sifatiga zarar yetishi mumkin. Shu boisdan, hosilni joyida saqlab 4-5 kundan keyin ob-havo issiq bo‘lishi bilan yig‘ib olishni rejalashtirilmoqda. Xo‘jalik yerlarida yetishtirilgan kartoshka va sabzavot ekinlari aholi dasturxonlariga yetkazish uchun mahalliy bozorlar rastalariga sotishga peshma-pesh yetkazib beriladi.

#kartoshka #daromad_manbai

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM