QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ISTIQLOL BAYRAMI – BARCHAMIZNING BAYRAMIMIZ, MUSTAQIL O‘ZBEKISTON – BARCHAMIZNING FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ!

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni tabrikladi.

ПРАЗДНИК НЕЗАВИСИМОСТИ – НАШ ОБЩИЙ ПРАЗДНИК, А НЕЗАВИСИМЫЙ УЗБЕКИСТАН – НАША ОБЩАЯ ГОРДОСТЬ И ЧЕСТЬ!

В парке "Янги Узбекистон" состоялись торжества, посвященные 32-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.

#Prezident_tabrigi #bayram #Mustaqillikkuni

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AZIZ HAMKASBLAR, QADRLI YURTDOSHLAR!
 
Avvalo, bugungi quvonchli ayyomda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi insonlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
 
Ayni kunlarda bir haqiqatni katta g‘urur va iftixor bilan aytish joizki, mard va matonatli mirishkorlarimiz tabiat injiqliklari, iqlim o‘zgarishlarining oqibatlariga qaramay, yerga mehr, mustahkam iroda va yuksak tadbirkorlik salohiyatini namoyon etib, yuqori natijalarni ko‘rsatmoqdalar.
 
Istiqlolning o‘tgan yillari davomida erishilgan yutuqlar va qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob etadigan bo‘lsak, respublikamiz hayotining barcha jabhalari singari agrar sohada ham mislsiz o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz.
 
Yangilanayotgan O‘zbekistonning tamomila yangicha qiyofa kasb etayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, oziq-ovqat taʼminoti sohasi jadal surʼatlarda rivojlanishda davom etmoqda.
 
Siz, azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy tabriklayman!
 
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik tilayman!
 
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!
 
Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri

#Vazir_tabrigi #bayram #Mustaqillikkuni

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM