Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQACHILIK AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA
🍅So‘ngi yillarda mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanishda tomorqa yer egalarining o‘z yerlaridan oqilona foydalanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirayotgani va qishloqdagi fuqarolarning bandligi hamda farovonligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.
Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Dilobod-Zafarabod” MFY hududida istiqomat qilayotgan Narzulla Jo‘rayev xonadonida qishloq faollari ishtirokida tamorqachilikda yuqori hosil olishning sir-asrorlari haqida suhbatlashildi. Unda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda xonadonlardagi tomorqa yer uchastkasida 15 ta kichik yo‘nalishni joriy etish bo‘yicha aholiga kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.
Jumladan, xonadon egalari tomorqadagi yeridan samarali foydalanish barobarida oilalar bir yilda 80-100 million so‘mgacha daromadga ega bo‘lishi iqtisodiy jihatdan bosqichma-bosqich tahlil qilindi. Bunga misol sifatida ushbu oila boshlig‘i Narzulla aka Jo‘rayevning tajriba usullari ham amalda ko‘rsatildi.
#tomorqachilik #qoshimcha_daromad #Buxoro
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAMUNALI TOMORQACHILIK – MILLIONLAR MANBAI
🏅Xalqimiz azaldan dehqonchilik ishlarida namuna bo‘lib kelgan. Aksariyat yurtdoshlarimiz o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3 martagacha hosil olayotgani ham sir emas.
Jumladan Buxoro viloyatida ham tomorqachilikning o‘ziga xos tajriba maktabi bor. Bugun viloyatda dehqonchilikdan yaxshi daromad topayotgan minglab oilalar farovon hayot kechirmoqda.
Shulardan biri “Qalaychorbog‘” mahallasiga qarashli “Alisheyx” qishlog‘ida yashovchi Shubaydillo Amonovdir. U har yili o‘ziga qarashli kichik maydondan katta daromad olib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda.
Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, u o‘tgan yili viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoniga loyiq deb topildi.
#tomorqachilik #Buxoro
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram