QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
MAMLAKATIMIZDA NASLCHILIKDA ASOSIY BO‘LGAN QORAMOL ZOTLARI

🐄Qora-ola zotli
: Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.

Qizil cho‘l zoti: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida.

Shvits zoti: Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida.

Bushuyev zoti: Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida.

#qoramol #naslchilik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
VODIY CHORVADORLARI BILAN UCHRASHUV

🔰Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchi mutasaddilar Qo‘shtepa tumani “Shukur davlat” ko‘p tarmoqli xususiy tijorat fermasida bo‘ldilar va chorvadorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan ushbu muloqotda vazir Aziz Voitov yurtimizda chorvachilik  va naslchilikning bugungi ahvoli, sohada to‘planib qolgan muammolarni hal qilish yo‘llari, chorvachilikni rivojlantirish orqali erishiladigan yutuqlar, kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda chorvadorlar joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va yechimini kutayotgan masalalar bilan ham o‘rtoqlashdilar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #chorvachilik #naslchilik #Fargona
*****
ВСТРЕЧА С ЖИВОТНОВОДАМИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

🔰Азиз Воитов,
а также сопровождающие его представители и специалисты агросферы посетили многопрофильное частное фермерское хозяйство «Шукур давлат» Куштепинского района и непосредственно пообщались с животноводами.

В ходе диалога, прошедшем в критическом и аналитическом ключе, руководитель министерства рассказал о современном состоянии животноводства и племенного дела в нашей стране, путях решения накопившихся в отрасли проблем, достижениях, достигнутых за счет развития животноводства, и планах на будущее.

Также в ходе встречи животноводы поделились результатами проделанной работы, озвучили ряд вопросов, ожидающих своего решения. Дискуссия была полна предложений и замечаний. В заключении были учтены все предложения представителей агопромышленного сектора и даны практические рекомендации.

#сельское_хозяйство #министр #визит #животноводство #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
NASLCHILIK XO‘JALIGI MAQOMINI BERISH TARTIBI BELGILANDI

“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022
-2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi”ni 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish belgilab qo‘yilgandi.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror (449-son, 05.09.2023 y.) qabul qilindi. Qaror bilan Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, naslchilik xo‘jaligi maqomi talabgorning murojaatida ko‘rsatilgan muayyan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayyan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yo‘nalishiga qarab beriladi.

Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXP my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘tadi.

📝So‘rovnoma to‘ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:

🟢naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi, genofond xo‘jaligi maqomini olishga talabgorlar uchun — so‘nggi 3 yilda o‘tkazilgan naslli mahsulotlar (materiallar) bonitirovkasi natijalari bo‘yicha ma'lumotnomalar nusxasi;

🟢nasldor chorva hayvonlarining identifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma'lumot;

🟢tegishli chorva hayvonlari turlari bo‘yicha naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun minimal talablarga muvofiqligi bo‘yicha talabgor tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlar.

👉Batafsil

#milliy_strategiya #naslchilik_xojaliklari #chorvachilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM