QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON - OZARBAYJON: FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

⚡️O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Ozarbayjonga davlat tashrifi davom etmoqda. Bundan biroz avval Ozarbayjon Prezidentining “Zug‘ulba” qarorgohida Davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida o‘rmon yong‘og‘ini yurtimizda yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha yirik loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

#memorandum #funduk #Ozarbayjon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA OZARBAYJON TAJRIBASI

🔰Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan ushbu davlatda bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida har ikki davlatning turli vazirlik va tashkilotlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Ozarbayjonning shimolida joylashgan “Agrarko” kompaniyasiga qarashli o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan obyektlarda bo‘ldi.

Maqsad esa dunyo miqyosida talab oshib borayotgan o‘rmon yong‘og‘ini aynan o‘zimizni yurtda ham o'zlashtirish. Buning uchun bu ishni puxta yo‘lga qo‘ygan ozar hamkasblarning ishlari bilan yaqindan tanishish.

Agrar soha obyektlari bilan tanishuv chog‘ida Azizi Voitovga Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mamedov hamrohlik qilar ekan, mamlakatda nafaqat o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish borasida, balki butun agrar sohada olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Vazir Aziz Voitov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, soha mutaxassislari bilan o‘rmon yong‘og‘ini qayta ishlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, bugungi kunda dunyo miqyosida ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj korxonaning eksport ko‘rsatkichlari haqida ham fikr almashdi.

#Ozarbayjon #funduk #tajriba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM