QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasining Mineralniye vodi shahrida o‘tayotgan “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmada butun dunyodan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, yer yuritish xo‘jaliklari hamda soha olimlarini bir joyga to‘plash bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Rossiya va Yevropa davlatlarining ilg‘or kompaniyalari agrar sohasidagi zamonaviy va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI vakillari tomonidan rivojlangan mamlakatlarning bog’dorchilik sohasidagi yer tuzish ishlarini o‘rganish, boshqa manfaatli tashkilotlar bilan do'stona munosabatlarni o‘rnatish va kelgusida qo‘shma hamkorliklarni amalga oshirish rajalashtirilgan.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti, Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda
Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani misolida Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan obyektlarning kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda.