QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌿 QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

☀️ Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘plab ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Bu borada olim va mutaxassislar tomonidan taqdim etilayotgan sohaga oid ma’lumotlar xalqimizni ona zaminimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirmoqda.

🔰 Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makonumummilliy loyihasi uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va  yuqori malakali mutaxassislari ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida   faol ishtirok etib, 150 tup tokning (ketmon sofi, kelin barmoq, toyfi) ko'chatlarini ekishdi.

Institutda faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘zlariga ajratilgan hududda tok ko‘chatlarini ekishdi.

🌳 Tuproqshunos olimlarning ta’kidlashicha mazkur “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbiri, avvalo, jannatmakon yurtimizni yanada yashillikka burkanishida asosiy omil bo‘lishiga xizmat qiladi, balki tuproqlarimizda tabiiy va antropogen ifloslanish ta’sirida yuzaga kelayotgan ekologik tahdidlarning salbiy oqibatlaridan himoya qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi.

#yash_makon #tuproqshunoslik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM