QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AGRAR SOHA FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI BELGILAB OLINDI

👥Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-iyunda qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–90-sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir Aziz Voitov rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik rahbariyati va mas'ul xodimlari, tizim tashkilotlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi, joylardagi boshqarmalar va tashkilotlar vakillari esa videokonferens-aloqa orqali qatnashdi.

Sohada islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish “Yo‘l xaritasi”da 2023-2024-yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 42 ta ustuvor vazifa ko‘zda tutilgani yig‘ilishda ta’kidlab o‘tildi. Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan 22 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi belgilanganligi qayd etildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOHA OLDIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI, GALDAGI VAZIFALAR BELGILANDI

👥O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rahbarligida mamlakat agrar sohasi oldida turgan dolzarb masalalar va galdagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferens-aloqa asosida tashkil etilgan yig‘ilishda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari, hududlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari qatnashdilar.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan vazir Aziz Voitov kun tartibida turgan birinchi masala – bu yilgi g‘alla o‘rim-terimini yakunlash mavzusiga to‘xtaldi. Vazir ta'kidlaganidek, shu kunga qadar 8,1 mln tonnadan ziyod g‘alla yig‘ib olindi. 2 mln tonnadan ortiq mahsulot don zaxirasi uchun jamg‘arildi. Bu yo‘nalishda respublika bo‘ylab 37 000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari jonbozlik ko‘rsatdilar.

G‘alladan bo‘shagan maydonlarga 2023-yil hosili uchun takroriy ekinlarni ekish masalasi bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etayotganini tilga olgan vazir ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jonlantirish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ular bevosita joylarda hududiy boshqarmalar bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlayotganligini qayd etdi.

Bu yil 905 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekish mo‘ljallangan bo‘lsa, shu kunga qadar 803 ming gektar yerga ekin ekilganligi aytib o‘tildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa #galla_orim_terimi #takroriy_ekin

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soha oldidagi dolzarb masalalar muhokama etildi

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi 16 ta tuman fermer xo‘jaligi va klasterlari rahbarlari, viloyat karantin inspeksiyasi va Toyloq tuman hokimi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari va masʼul rahbarlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.

📌Vazir o‘z navbatida, fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, agrar sohada hosildorlik va mehnat unumdorligini yana-da oshirish, paxta unumdorligi, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🖋Aytish kerak, sifatli paxta xom-ashyosini yetishtirish – mashaqqatli ish. Buni ayniqsa, yillar davomida dehqonchilik qilib kelayotgan fermerlar juda yaxshi biladi. Yerga chigit qadalgandan toki uning o‘sib chiqishidan tortib yetilguniga qadar tinimsiz mehnat, kunni tunga, tunni kunga ulash talab etiladi. Ob-havoning injiqligi, tabiatning kutilmagan hodisalari esa bu masʼuliyatini yana-da oshiradi.

O‘z vaqtida olib borilgan sifatli agrotexnik tadbirlar esa paxta xom-ashyosini o‘z vaqtida yetishtirish, pirovardida iqtisodiyotimiz rivojiga munosib ulush qo‘shishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM