QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
📆Joriy yilning 22-26-may kunlari respublikamizning Toshkent va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Global tuproq hamkorligi (GSP), Yevroosiyo tuproq hamkorligi (EASP) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda bir qator milliy tashkilotlar hamkorligida Sho‘rlangan tuproqlar xalqaro tarmog‘i (INSAS)ning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

🌎Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarining ekspetrlari ishtirok etishi kutilayotgan ushbu keng ko‘lamli tadbir doirasida yig‘ilishlar, treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

❗️Sizni sho‘rlangan tuproqlar, uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan muhim maʼlumot va tavsiyalar qiziqtiradimi? Unda xalqaro tadbirga tashrif buyuring.

Hayot ko‘rsatkichini, oziq-ovqat sifatini taʼminlovchi tuproqning unumdorligiga qaratilgan ushbu tadbir barchamiz uchun birdek foydali bo‘lishiga ishonamiz!

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #shorlangan_tuproqlar #GSP #EASP #FAO #INSAS

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHO‘RLANGAN TUPROQLARNI BOSHQARISH: XALQARO ANJUMAN GLOBAL MUAMMO YECHIMIGA BAG‘ISHLANDI

👥Toshkentda Sho‘rlangan tuproqlar xalqaro tarmog‘i (INSAS)ning ikkinchi yig‘ilishi ochildi. Ushbu tadbir bilan parallel ravishda, Yevroosiyo tuproq hamkorligining oltinchi yalpi yig‘ilishi va Sho‘rlangan tuproqlarni tahlil qilish bo‘yicha Global tuproq laboratoriyalari tarmog‘ining treningi ham o‘tkazilmoqda.

Tuproqning sho‘rlanishi undan noto‘g‘ri foydalanish, o‘g‘itlarni ortiqcha yoki nooqilona qo‘llash, o‘rmonlarning kesilishi, dengiz sathining ko‘tarilishi va boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi ushbu muammoni yanada chuqurlashtirdi. Zero, prognozlarga ko‘ra, dunyo miqyosida qurg‘oqchilikka uchragan yer maydoni XXI asr oxiriga borib 23 foizga yetishi mumkin.

Toshkentda o‘tkazilayotgan tadbirlar kun tartibidan aynan shu muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash masalalari joy olgan. Besh kun davomida 20 ga yaqin mamlakatdan 50 ga yaqin xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis-olimlar o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashadilar, shuningdek O‘zbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadilar.

#Shorlangan_tuproqlar #yigilish #trening

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM