QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Nizamov bilan Suv resurslari va ulardan foydalanishning iqlim o‘zgarishiga ta’siri bo‘yicha intervyu tashkil etildi.
 
Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqlarida ta’kilaganlaridek, keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

“Bu esa, global isish ko‘rsatkichidan o‘rtacha ikki baravar ko‘pdir. Natijada muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketdi.

Agar bu tendensiya davom etsa, mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryoning oqimi 15 foizga kamayishi mumkin. Kelgusi yigirma yil ichida aholi jon boshiga suv bilan ta’minlanish 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda”.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.

#iqlim_oʻzgarishi #global_isish #qishloq_xoʻjaligi #suv_resurlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-OKTYABR XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan. Yurtimizda ham ushbu sana 2019-yildan beri anʼanaviy nishonlab kelinmoqda. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasiga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan qishloq ayollari - munis opa-singillarimizni mazkur sana bilan samimiy qutlaymiz!

#15_oktyabr #qishloq_ayollari #qishloq_xoʻjaligi #tabrik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq ayolining mehnat faoliyatiga bir nazar

Qishloq ayollari, ularning jamiyat taraqqiyoti, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdagi mardonavor mehnatlarini e'tirof etgan holda ushbu sana yurtimizda ham keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan qishloq xo'jaligi sohasida hormay-tolmay mehnat qilib kelayotgan bir qishloq ayolining mehnat faoliyatiga nazar solamiz.

#15_oktyabr #qishloq_ayollari #qishloq_xoʻjaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM