QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #axborot_24

AXBOROT 24 | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING VENGRIYAGA RASMIY TASHRIFIGA OID

🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya davlatiga 2 kunlik rasmiy tashrifi haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi. Muhim voqealarga boy tashrif doirasida ko‘pgina sohalar qatori qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi. Reportajda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bu haqda maʼlumot berib o‘tdi (reportajning 13:58 daq.).

Xususan, 7 ta yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, eksport shartnomalari imzolangani taʼkidlandi. 3 xil yo‘nalish: bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha Ishchi guruh tuzilib, ishlar faol tashkil etilishi belgilandi. Bundan tashqari, agrar taʼlim bo‘yicha Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan birga Yo‘l xaritasi tuzildi. Unga ko‘ra, talabalar va ITI ilmiy xodimlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Axborot 24dasturida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tizimida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi haqida lavha efirga uzatildi.

Jumladan, unda o‘tgan yilda agrar sohadagi o‘sishning ko‘rsatkichlari va bu yildagi kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritilgan.

Lavhada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Geoaxborot texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi” boshlig‘i Izzatilla Ikromov mavzuga oid o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Axborot_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan "axborot tizimlarining amaliyotga joriy etilishi" to‘g‘risida lavha namoyish etildi.

Unda Raqamli qishloq xo‘jaligi — yagona integratsion platforma ekanligi va sohani raqamlashtirish bo‘yicha 10 ga yaqin axborot tizimlari amaliyotga joriy etilayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #axborot_24 #agrosanoat #raqamlashtirish

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Axborot 24 dasturida “Issiqxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyozlar va chora-tadbirlar” to‘g‘risida lavha namoyish etildi.

Unda respublikamizda mavjud issiqxonalar faoliyatini samarali tashkil etishda yangi mexanizmlar joriy etilayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

Lavhada O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK bo‘lim boshlig‘i Abduraim Yoqubov mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirgan.

#repost #Ozbekiston_24 #axborot_24 #issiqxonalar_faoliyati

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24 telekanalining Axborot 24 dasturida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida xorijlik ekspertlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, bog‘bonlar ishtirokida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada seminar doirasida intensiv bog‘lar yaratish texnologiyasi, hosilga kiruvchi invitro ko‘chatlarining afzalligi, yangi usulda barpo etilgan bog‘larning samaradorligi mavzulariga eʼtibor qaratilgani va mavzu bo‘yicha amaliyot o‘tkazilgani haqida so‘z boradi.

#repost #axborot_24 #seminar #xorijlik_ekspertlar #fermer_xojaliklari #invitro

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar ham Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishda faol ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan lavhada tanishshingiz mumkin.

#repost #axborot_24 #hashar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan lavhada Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdulla Mansurovning umumxalq xayriya hashari va uning ahamiyati haqida bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

#repost #axborot_24 #hashar #yashil_makon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining “Yangiliklar” dasturida Navro‘z bayrami kunlari yurtimizdagi dehqon bozorlari va yirik savdo majmualarida tashkil etilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari haqida lavha efirga uzatildi.

Unda bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash, ayniqsa, bayram kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari xususida yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari bildirilgan.

#repost #axborot_24 #yangiliklar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida "Kartoshkachilikni rivojlantirish choralari belgilandi" mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda respublikamizda 253 ming gektar yer maydoniga kartoshka ekilayotgani va undan o‘rtacha hosildorlik 163 sentnerni tashkil etayotgani bayon etilgan.

Lavhada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tgan:

"Xonadonlarga arzon va sifatli kartoshka mahsulotlarini yetkazib berish hamda ularni ekadigan fermer va dehqon xo‘jaliklarimizning, tadbirkorlarimizning daromadlarini hosildorlik hisobiga oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Shundan kelib chiqib, asosiy urg‘u sohaga ilm-fanni kiritib, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishga qaratilmoqda".

Shuningdek, lavhada kartoshkachilik va uning urug‘chiligini rivojlantirish, muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirilgani va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan aniq rejalar xususida ham to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Axborot_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Axborot 24 dasturida kuni kecha Sirdaryo viloyatida tashkillashtirilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha sayyor-ko‘rgazmali seminar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda viloyatdagi ilg‘or usul va texnologiyalarni rivojlantirish, xususan, suvni tejash, hosildor navlarni ekish, yangi texnologiyalarni respublika miqyosida qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish, "Ijtimoiy issiqxonalar" ni ehtiyojmand oilalarga ajratib berish orqali kamabag‘allikni qisqartirish va sohani rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilingani hamda xo‘jaliklarda bo‘lib, jarayonlarni amaliyotda ko‘rishgani haqida so‘z yuritiladi.

Lavhada Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirishgan. 

Seminar tafsilotlarini lavhada tomosha qilishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #Axborot_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram