QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.6K subscribers
22.7K photos
2.67K videos
7 files
9.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QASHQADARYO: ISLOHOTLAR NATIJASI VA YANGI IMKONIYATLAR

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida ayni paytda navbatdagi tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi.

Yaratilayotgan yangi navlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilishi ana shu uyg‘unlik va izlanishlarning natijasidir. Jumladan, yangiliklar yaratish borasida respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir Aziz Voitov yondosh hududda joylashgan “Asian Golden Oil” MCHJning oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan un va yogmahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishdi. Korxona xodimlarining fikr-mulohazalari tinglandi. E'tiborlisi, ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan mazkur korxona nafaqat mahalliy bozorlarimizni sifatli un va yogmahsulotlari bilan ta'minlashni, balki xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan.

#vazir #tashrif #ilmiy_tadqiqot_instituti #un_va_yog_mahsulotlari #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM