QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sarimsoqpiyoz #kuzgi_navlar

TO‘QSONBOSTI USULIDA SARIMSOQPIYOZ EKISHNING QANDAY AFZALLIGI BOR?

Respublika bo‘yicha 2023-yil hosili uchun joriy yilda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 47,1 ming gektar, shundan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 10,6 ming gektar yer maydonlarga avgust-sentyabr oylarida sarimsoqpiyoz ekinini ekish rejalashtirilgan. Ushbu maydonlardan 458,2 ming tonna mahsulot yetishtirish belgilangan.
To‘qsonbosti ekin sifatida ekiladigan sarimsoqpiyozning ekilishi, navlari, agrotexnik tadbirlari haqida bilishni istasangiz, saytdagi maqolani o‘qing.

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#buqiziq #sarimsoqpiyoz

Sarimsoqning asosiy turlari, ularning ta’mi va bir-biridan farqi haqida

🧄SARIMSOQ TURLARI:

Chinni tusli
- yorqin oq rangda, piyozboshlari katta, 5-7 ta tishi bor. Hidi keskir, ta’mi achchiq.

Qizil - o‘lchamli o‘rtacha, uzoq muddatli saqlash uchun mos. Bir oz shirin, qovurilgan piyoz kabi is taraladi.

Filnusxa - porey piyozining bir turi. Piyozboshlari yarim kilogrammga yetishi mumkin, har birida 5-7 ta tish bor.

Vyetnamcha - tarkibida shakar miqdori yuqori. Yumshoq o‘tkir, yoqimli ta’m ga ega.

Siyohrang gleyzer- chiroyli binafsha rang. Barqaror ta’mga ega, juda o‘tkir emas. Oson tozalanadi.

Italyancha - to‘q qizil rangga ega. Juda keskin ta’mli. Tishlari baquvvat va katta, tozalash oson.

👉O‘zbekistondagi sarimsoq navlari haqida esa bu yerda yozgan edik

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XOVOSDA TO‘QSONBOSTI EKINLAR EKISHGA TAYYORGARLIK AVJIDA

🧅Shu kunlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga yo‘lingiz tushsa, dala maydonlaridagi qizg‘in ish jarayonlarining ustidan chiqasiz. Qaysi manzilga boqmang, keyingi yil hosili uchun ekin ekayotgan, joriy yildagi hosilni esa, yig‘ishtirib olayotgan mirishkorlarga ko‘zingiz tushadi.

Dalalarda kuzgi piyozni ekish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hozirda tumanda 4 ming gektar yer maydoniga to‘qsonbosti ekin sifatida piyoz, sarimsoqpiyozlarni ekish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, tumandagi “Jahongir mirzo” fermer xo‘jaligining 5 gektardan ziyod yer maydonida ham piyoz ekish ishlari avjida. Buni qarangki, ayrim maydonlarda ekilgan piyozlarni dastlabki sug‘orishga ham ulgurildi. Shuni alohida keltirish joizki, ajratilgan yer maydonining 413 gektariga kuzgi piyozni ekish maqsad qilingan. Bugungacha esa, 300 gektar maydonga ushbu ekin ekib bo‘lindi.

Kuzning ikkinchi oyi yaʼni oktyabrga kelib esa tumandagi yer maydonlariga to‘qsonbosti ekinlarni ekish boshlanadi. Ushbu ekinlarni tumandagi 2000 gektardan ortiq maydonda ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ekin ekish uchun yerlar tayyorlanmoqda. Bu yerlarga to‘qsonbosti ekin sifatida nafaqat piyoz, sarimsoqpiyoz, balki ko‘katlar, sabzi kabilar ham ekiladi.

#fermer_xojaligi #piyoz #toqsonbosti #sarimsoqpiyoz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM