QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BUZILGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH, TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

📌2023-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga muvofiq, endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, infratuzilma obyektlarining muhofaza hududlarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish va loyihani joyiga ko‘chirish davrida mualliflik nazorati “O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, jumladan buzilgan va rekultivatsiya qilingan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Geoaxborot” tizimida yurtilishini 2023-yil 1-avgustga qadar ta’minlash belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi. Ushbu nizom yerlarni rekultivatsiya qilish, yerlarning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash, rekultivatsiya qilingan yerlarni qabul qilish-topshirish va boshqa chora-tadbirlar tartiblarini belgilab beradi.

#tuproq #rekultivatsiya #Ozdaverloyiha #geoaxborot

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM