QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI

💻O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningQishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil yakunigacha:
🟢Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;
🟢qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

#agroplatforma #raqamli_qishloq_xojaligi #geoaxborot_texnologiyalari #CropAgro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA

👥Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH AFZALLIKLARI

🔰PrezidentningQishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  mazmun-mohiyati  joylarda targ‘ib qilinmoqda.

2023-yil 1-sentyabrdan Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etilishini ko‘zda tutgan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda sohaga aloqador tashkilotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tadbirlar ayni paytda  mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Jumladan Andijon viloyati Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida tashkil etilgan seminar-trening ham aynan mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

#seminar_trening #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLARDA “AGROPLATFORMA” TIZIMINING TARG‘IBOTI

💻Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257 va PQ-113-sonli qarori qabul qilingani hamda uning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bu kabi seminarlar hududlarda ham davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur qaror asosida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamda “Agroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

#seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM