QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#onatilimfaxrim #til_bayrami

🔰21 - oktyabr
- O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan ona tilimizni milliy g‘urur va iftixor ramzi sifatida ulug‘lash maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori bilan #onatilimfaxrim xeshtegi ostida chellenj o‘tkazilmoqda. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tashabbusda vazirligimiz jamoasi hamda vazirlikning tizim va hududiy tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#горжусь_родным_языком #День_узбекского_языка

🔰21 октября
– по случаю Дня узбекского языка, сотрудники центрального аппарата Министерства сельского хозяйства РУ запустили челендж с хештегом #onatilimfaxrim (горжусь родным языком) под слоганом «Пусть твое достоинство будет высоким, мой родной язык!», для прославления нашего родного языка, как символа национальной гордости и чести. Коллектив министерства и сотрудники системных и региональных организаций министерства принимают активное участие в этой духовно-просветительской инициативе.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MAʼRIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirligida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, Toshkent davlat Agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Sayyora Xolmirzayeva hamda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining shakllanish bosqichlari, ona tilimizning hozirgi siyosiy ahamiyati, ish hujjatlarida qo‘llanilishi hamda agrar sohada tilimiz meyorlariga rioya qilinishi yuzasidan fikrlar almashilindi. Shuningdek, Sayyora Xolmirzayeva tilimizning boy tarixi haqida so‘zlab berar ekan, uning hozirgi holatga kelguniga qadar necha-necha og‘ir yo‘llar bosib o‘tilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov tadbir qatnashchilarini 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, ona tilimizning kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini alohida qayd etdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori bilan #onatilimfaxrim xeshtegi ostida fotosuratga tushishdi.

#ona_tili #millat #tabrik #onatilimfaxrim

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM