QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#limon #navlari #yetishtirishsirlari

🍋 O‘ZBEKISTONDA LIMON: NAVLARI, YETISHTIRISH SHAROITLARI, SOG‘LIQ UCHUN FOYDASI

🌱 Bilasizmi, limon so‘zining kelib chiqishi xitoy tiliga oid bo‘lib, “onalar uchun foyda” deya tarjima qilinadi. Limonning foydasi haqida ko‘pchilik biladi, birorta ham shamollash usiz davolanmaydi, limon tibbiyot va kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.

U qayerda va qanday yetishtiriladi, O‘zbekistonda limonning qaysi navlari bor va bu sitrus mevani o‘stirishda nimalarga e’tibor berish kerak

👉 Shular va limon haqidagi yana ko‘plab ma’lumotlar bilan materialimizda tanishing.👈

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#agromaslahat #limon_yetishtirish

LIMON O‘SIMLIGINI PARVARISHLASH

🍋Limon sitrus o‘simliklar ichida sovuqqa eng chidamsizdir. Havo harorati pasayib, -4-5°C tushganda barglari va yosh novdalari, -6-7°C da esa ko‘p yillik tanasi, -8-9°C da yer ustki qismi nobud bo‘ladi, shona va gullari -1,0-1,5°C da, mevasi -1,5-2,5°C da zararlanadi.

Bugun bizning mavzuimiz:
•Tuproqni limon ko‘chatlarini o‘tkazishga tayyorlash
•Sug‘orish
•Shox-shabbalarni kesish va shakl berish haqida

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Limon_yetishtirish #sitrus

O‘ZBEKISTONGA
LIMON O‘SIMLIGINING KIRIB KELISHI VA YETISHTIRISH

🍋Bugungi kunda mamlakatimizdagi limonzorlarning umumiy maydoni 2 321 gektardan oshdi. Yiliga 63 000 tonna limon yetishtirishga erishilib, eksport salohiyati 11 000 tonnaga yetdi. Limonzorlardagi hosildorlik har bir gektardan o‘rtacha 55-60 tonnani tashkil etdi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi olim agronom Zayniddin Faxriddinov noyob o‘simliklar ustida kuzatuvlar olib borishi natijasida 1960-yilda respublikada birinchi marotaba limondan hosil olishga erishdi.

Respublikada limon yetishtirish bilan bog‘liq tarixiy va bugungi jarayonlar, uning navlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, maqolamizni o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA LIMON YETISHTIRISH VA UNING NAVLARI

🍋2021-yilda respublika bo‘yicha 2332 gektar maydonda limon yetishtirildi. Ushbu yilda yetishtirilgan jami mahsulot 64 ming tonnani tashkil etmoqda. Shundan eksport salohiyat 11 ming tonnaga teng. 2022-yil yakuni bo‘yicha eksport qilingan mahsulot esa 3600 tonnani tashkil etmoqda. Hozirda eksportga yaroqli zaxirada yana 8-10 ming tonna limon hosili mavjud.

Respublika bo‘yicha faqat “Toshkent” navi eksport qilinadi.

👉Batafsil

#sitrus #limon #yetishtirish
*****
СОРТА ЛИМОНА, ВЫРАЩЕННЫЕ В УЗБЕКИСТАНЕ

🍋В 2021 году лимоны выращивают на 2332 га по всей стране. Общий объем произведенной продукции за три года составляет 64 тысячи тонны. Экспорт составляет 11 000 тонн. К концу 2022 года экспорт продукции составляет 3600 тонн. В настоящее время в резерве имеется 8-10 тысяч тонн урожая лимонов, пригодного для экспорта.

Экспортируется только сорт «Ташкент».

👉Подробнее

#цитрус #лимон #выращивание

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍋LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

🟠Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari limonning vatani hisoblanadi.

🟠Bitta limon daraxtidan mavsumda o‘rtacha 300-350 dona meva olinadi.

🟠Limon daraxtlari 40 yildan ortiq yashamaydi va odatda balandligi 5-7 metrdan oshmaydi.

🟠Limon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Meksika va Hindiston o‘rtasida bo‘lingan.

🟠Pishgan limonda shakar, mevaning umumiy og‘irligining 3,5% gacha bo‘ladi.

🟠O‘rtacha limon qobig‘i uning massasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Qolgan 60% i pulpa va suyaklardir.

🟠Ichimlik limonadi birinchi marta limondan tayyorlangani uchun shunday nomlangan.

🟠Do‘kondan sotib olingan qattiq va pishmagan limon mikroto‘lqinli pechga 15-20 soniya qo‘yilsa, yumshoq va suvli bo‘ladi.

#sitrus #limon #bu_qiziq #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍋LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

🟠Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari limonning vatani hisoblanadi.

🟠Bitta limon daraxtidan mavsumda o‘rtacha 300-350 dona meva olinadi.

🟠Limon daraxtlari 40 yildan ortiq yashamaydi va odatda balandligi 5-7 metrdan oshmaydi.

🟠Limon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Meksika va Hindiston o‘rtasida bo‘lingan.

🟠Pishgan limonda shakar, mevaning umumiy og‘irligining 3,5% gacha bo‘ladi.

🟠O‘rtacha limon qobig‘i uning massasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Qolgan 60% i pulpa va suyaklardir.

🟠Limonad ichimligi birinchi marta limondan tayyorlangani uchun shunday nomlangan.

🟠Do‘kondan sotib olingan qattiq va pishmagan limon mikroto‘lqinli pechga 15-20 soniya qo‘yilsa, yumshoq va suvli bo‘ladi.

#sitrus #limon #bu_qiziq #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida “Limondan millionlar topayotgan bog‘bon” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi tadbirkor Salimjon Yusupovning 35 sotix issiqxonada limon yetishtirib, yurtimiz bozorlariga chiqarayotgani va Rossiya, Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar #limon #eksport

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SITRUS DARAXTLAR QANDAY PAYVAND QILINADI

🪴Bugun yurtimiz bobodehqonlari va bog‘bonlari bog‘dorchilikda faqatgina bu bilan kifoyalanib qolmasdan hatto subtropik o‘lkalarda o‘sadigan mevali daraxtlarni ham yurtimizga keltirib iqlim sharoitimizga moslashtirish va sarxil subtropik mevalarni o‘zimizda yetishtirishni yo‘lga qo‘yishda tinmay izlanishlar olib bormoqda.

#agromaslahat ruknimizning bugungi sahifasida sitrus mevalarni qanday payvand qilish haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lasiz.

#subtropik_mevalar #limon #apelsin #payvand_qilish
*****
КАК ПРИВИВАТЬ ЦИТРУСОВЫЕ ДЕРЕВЬЯ

🪴Сегодня, фермеры и садоводы нашей страны, не ограничиваясь выращиванием традиционных видов продукции, ведут постоянные изыскания по адаптации плодовых деревьев, произрастающих в субтропических странах, к климатическим условиям нашей страны и налаживанию собственного производства субтропических фруктов.

В рубрике #агросовет вы узнаете подробности того, как прививать цитрусовые деревья.

#цитрусовые_деревья #лимон #апельсин #прививка

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MART OYIDA APELSIN VA LIMON KUNI NISHONLANISHINI BILASIZMI?

🍋Ushbu bayramning tarixi 18-asrga borib taqaladi, Angliyada bir ruhoniy cherkovga kelgan bolalarni apelsin bilan mehmon qilgan va bu ko‘p yillar davomida an’anaga aylangan. O‘shandan beri har yili mart oyining ikkinchi yarmida apelsin va limon kuni nishonlanadi.

#sitrus #limon #apelsin
*****
А ВЫ ЗНАЕТЕ, ЧТО В МАРТЕ МЕСЯЦЕ ОТМЕЧАЕТСЯ ДЕНЬ АПЕЛЬСИНОВ И ЛИМОНОВ?

🍊История этого праздника уходит в Англию XVIII века, тогда один священник угостил детей своего прихода апельсинами и заложил традицию на много лет. С тех пор, каждый год, во второй половине марта отмечается День апельсинов и лимонов.

#цитрус #лимон #апельсин

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
YAPONLARDAN YANGICHA MEVA – LIMON-QOVUN HAQIDA ESHITGANMISIZ?

💡Yaqindan boshlab Yaponiya do‘konlarida noyob meva – limon-qovun sotila boshladi. G‘ayrioddiy ko‘rinishga va ajoyib ta'mga ega bu meva yaponlarga ma'qul keldi.

Yangi meva katta emas – tovuq tuxumidek keladi. O‘zi sersuv, o‘ta shirin, shu bilan birga limonni eslatuvchi biroz nordon ta'mga ham ega. Uni tatib ko‘rganlar yoz uchun eng bop meva deya ta'riflaydilar.

Bundan tashqari, limon-qovun C, A, E va B guruhi vitaminlariga, shuningdek kaliy, magniy va temir kabi mikroelementlarga boy. Bu moddalar immun tizimini mustahkamlashga, ko‘z nurini yaxshilashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga va qondagi gemoglobin darajasini oshirishga ko‘mak beradi. Shuningdek, limon-qovun ajoyib diuretik bo‘lib, organizmni toksinlar va shlaklardan tozalashga xizmat qiladi.

Limon-qovun 1980-yillarda boshlangan tajriba mahsulidir. Yapon olimlari qovunning ikki navini chatishtirib, yorqin sariq rangga va limonga o‘xshaydigan mayin teksturali etga ega gibridni olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Limon-qovun nisbatan yangi meva bo‘lsa-da, o‘zining noyob ta'mi va foydali xususiyatlari tufayli tezda shuhrat qozondi. Bugungi kunda yapon fermerlari ushbu ekinni alohida mehr va e'tibor bilan yetishtirmoqdalar.

#bu_qiziq #limon_qovun

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QARIYB 3 MILLION DOLLARLI LIMON EKSPORT QILINDI

🍋Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatga jami qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.

2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, xorijiy bozorga limon yetkazib berish hajmi 968 tonnaga oshgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistondan eng ko‘p limon sotib olgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yetakchilik qiladi – ushbu mamlakatga jami 2,7 ming tonna sitrus mevasi sotilgan.

Shuningdek, yetakchi importyorlar uchtaligidan Qirg‘iziston (388 tonna) va Qozog‘iston (357 tonna) ham joy olgan.

#limon #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM