Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mo‘l va sifatli uzum olish uchun toklarni har yili kesib, ma’lum shaklga keltirib turish zarur. Toklar ikki muddatda: ko‘miladigan toklar kuzda – yig‘im-terimdan so‘ng, ko‘milmaydigan toklar esa asosan bahorda kesiladi. Novdalarining soni va tupda joylanishi tokning o‘sish kuchiga qarab tartibga solib kesiladi. Tok kesib turilganda uning hosilga kirishi tezlashadi, mo‘l hosil berish davri uzayadi, tokzorga ishlov berish va bunda mexanizatsiyadan foydalanish, tokning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari osonlashadi.
Xususan, institutning Uzum seleksiyasi va agrotexnologiyalari bo'limi boshlig'i O’tkir Ochildiyev tok novdalari vaqtida kesilmasa keyingi yil ushbu novdalar g’ovlab ketishi mumkinlgini hamda qishda sovuq urishi oqibatida hosildorlik deyarli bo’lmasligini aytib o’tdi.
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog'dorchilik va uzumchilikni mexanizatsiyalash bo'limi boshlig'i A'zam Musurmonov tok novdalarini ko’mishda texnikalar muhim o’rin tutishini ayta turib, texnika bilan ko’mish bir necha jarayonni tashkil etishini aytib o’tdi.
#tokzor #kuzgi_agrotexnika #novdalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM