QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kungaboqar #hosil #moyli_ekin

🌻 O‘ZBEKISTONDA KUNGABOQAR HOSILI O‘SIMLIK MOYI VA KUNGABOQAR SHROTI ISHLAB CHIQARISHGA YO‘NALTIRILADI

🌱 2022-yilda O‘zbekiston bo‘yicha jami 61,7 ming gektar, shundan asosiy maydonlarga 25,7 ming gektar va takroriy maydonlarga 36,0 ming gektar kungaboqar ekildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu maydonlardan jami 128 ming tonna hosil jamg‘arish rejalashtirilmoqda.

♻️ Yetishtirilishi prognoz qilinayotgan kungaboqar hosili to‘liq qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lib, ushbu hosildan 45 ming tonna o‘simlik moyi va 83 ming tonna kungaboqar shroti ishlab chiqiladi.

👉Batafsil

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌻 Kungaboqar haqida yettita fakt

1. Kungaboqarning aslida 70 ta atrofida turi mavjud. Kungaboqar – bu faqat o‘rtasi qoramtir bo‘lgan sariq “quyosh”lar emas. Uning qizil, pushti va jigarrang turlari ham mavjud.

2. Kungaboqar boshchalari quyosh nurlar yo‘nalishi bo‘ylab buriladi. Ushbu ajoyib xislati tufayli ham u “kungaboqar” deb nomlangan. Ilmiy tilda esa, bu xususiyat “geliotropizma” deb ataladi.

3. Ayrim turlarning balandligi 7 m.ga yetadi, ildizi esa yer qa'riga 3 m.gacha kirib borishi mumkin.

4. Kungaboqar – ajoyib antidot. Agar tuproq kimyoviy moddalar bilan zaharlangan bo‘lsa, uni tozalash uchun kungaboqar ekiladi. Gul ildizlari tuproqni barcha xavfli moddalar va bakteriyalardan xalos etadi.

5. Aslida kungaboqar – bitta emas, minglab gullar to‘plami. Har bir to‘pgulda ko‘plab gulchalar bo‘lib, har biri mazali urug‘ beradi.

6. Kungaboqar 5000 yildan buyon ekiladi. Bu ekin bug‘doydan ham oldin madaniylashtirilgan. Uning vatani Janubiy va Shimoliy Amerika sanaladi.

7. Dastlab kungaboqar faqat dekorativ gul sifatida ekilgan. Faqat XIX asrga kelibgina uning urug‘idan yog‘ ola boshlangan va gullar qishloq xo‘jaligi ekiniga aylangan.
#bu_qiziq #kungaboqar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM