QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ISHCHI GURUH SHEROBODDAGI FERMER XO‘JALIKLARIDA BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruhning birinchi manzili anor yetishtirish bilan shug‘ullanadigan “Bog‘i xayol” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerdan yiliga o‘rtacha 200 tonna anorni ichki bozorga yetkazib beriladi. Mevalarni saqlash uchun xo‘jalikning omborxonalari ham mavjud. Fermer xo‘jaligining chorvachilik yo‘nalishi ham bo‘lib, unda 200 bosh qoramol va 500 taga yaqin qo‘y boqiladi. Xo‘jalik mahsulotlari asosan Surxon vohasi ichki bozoriga yo‘naltirilgan. Kelajakda import va eksport quvvatini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Ishchi guruhning keyingi manzili “Jo‘rayev Fruts” Mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Uning 16 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonalari keskin sovuqda ekinlarni asrash uchun anʼanaviy tutatish hamda termos uslublari yordamida isitilmoqda. Hozirda issiqxonalarda pomidor, baqlajon, rukkala karamini yetishtirib, Rossiyaga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotning qolgan qismi esa xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinadi.

Ishchi guruh shundan so‘ng tumandagi paxta, g‘alla va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashib, keskin sovuqda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha maslahat va tavsiyalarini berishdi. Shuningdek, dala maydonlari chetlariga tut, jiyda, uzum ko‘chatlarini ekish, ariq va zovurlarni qayta ochish, ularni soz holatga keltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

#tashrif #qishloq_xojaligi #issiqxona #oziq_ovqat #eksport #import

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida “O‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishida qishki mavsumda amalga oshirilayotgan ishlar” to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

Unda yangi, serhosil meva-sabzavot navlarini yaratish, manzarali o‘simliklarni mahalliy iqlimga moslashtirish maqsadida xorijdan import qilinayotgan "flora olami" namunalarining xavfsizlik holatini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilgan.

Lavhada mutaxassislarning mavzuga doir fikr-mulohazalari berilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #import

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA LALMI YERLAR KARTOSHKACHILIK UCHUN O‘ZLASHTIRILMOQDA

🥔Kartoshka, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, ikkinchi non. Chunki non kabi, u ham me’daga tegmaydi. U nafaqat to‘yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o‘ziga xosdir. Kartoshka tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar, organik kislotalar, B1, B2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud.

Bugungi kunda mamlakatimizda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etadi. Shuning 80 foizdan ziyodi yurtimizda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #kartoshkachilik #import
*****
ЗАСУШЛИВЫЕ ЗЕМЛИ СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ ОСВАИВАЮТСЯ ДЛЯ ВЫРАЩИВАНИЯ КАРТОФЕЛЯ

🥔Картофель, как говорят у нас в народе, – второй хлеб. Потому как и хлеб, он не надоедает. Он уникален не только своей пищевой ценностью, но и лечебными свойствами. Картофель содержит такие элементы, как белок, жир, углеводы, органические кислоты, витамины В1, В2, РР, С, Д, К, Е, А, натрий, калий, магний, кальций, железо, фосфор, йод.

Сегодня ежегодное потребление картофеля в нашей стране составляет примерно 4 млн. тонн. Более 80 процентов от этого объема производится в Узбекистане, а оставшаяся пятая часть импортируется.

#сельское_хозяйство #картофелеводство #импорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
MISR DELEGATSIYASI BILAN QAND LAVLAGI YETISHTIRISH BORASIDAGI HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
🇺🇿🤝🇪🇬
Poytaxtimizda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov yurtimizga tashrif buyurgan Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Saviris boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan
uchrashdi.

Uchrashuvda Misr investitsiyalari ishtirokida O‘zbekistonda qand lavlagini yetishtirish va shakar ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

O‘zbekistonga 2022-yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarga teng kundalik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan bo‘lib, uning asosiy qismini go‘sht va don mahsulotlari, kungaboqar yog‘i hamda shakar tashkil etgan.

Ushbu hamkorlik loyihasi uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yer maydonlari bilan tanishish taklif etildi. “Orascom Investment Holding” kompaniyasi vakillari loyihaning dastlabki fazasida taxminan 200-300 mln dollar miqdorida investitsiya kiritilishi, 30-50 ming gektar yer maydonida qand lavlagi yetishtirilishi rejalashtirilganini ma'lum qildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #delegatsiya #eksport #import

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILAYOTGAN XABARLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING RASMIY MUNOSABATI

📈O‘zbekiston Respublikasida har yili 100 ming gektardan ortiq maydonlarda sholi ekib, yetishtiriladi. Respublika sharoitida yiliga aholi jon boshiga o‘rtacha 9,8 kg.dan guruch isteʼmoli talab etiladi. Yaʼni mamlakatimiz aholisini to‘liq guruch mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi.

Tahlillarga ko‘ra 2022-yilda Respublika bo‘yicha 8 ming tonna guruch import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Yaʼni isteʼmolga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan.

Joriy yilda Hindistondan boshqa mamlakatlarga guruch eksportining to‘xtatilishi O‘zbekiston Respublikasiga o‘z taʼsirini ko‘rsatmaydi.

👉Batafsil
*****
ОФИЦИАЛЬНОЕ ОТНОШЕНИЕ МИНИСТЕРСТВА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН К СООБЩЕНИЯМ, РАСПРОСТРАНЯЕМЫМ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

📈В Республике Узбекистан ежегодно выращивается рис на площади более 100 тысяч гектаров. В условиях республики в среднем на душу населения в год требуется 9,8 кг потребления риса. То есть населению республики требуется запас в размере 353 тысяч тонн риса для полноценного обеспечения рисовой продукцией.

Согласно анализам, в 2022 году в республику было ввезено 8 тысяч тонн риса, в то время как в 2023 году было ввезено 53,5 тысяч тонн риса. То есть было импортировано на 10 тысяч тонн больше риса, чем потреблялось.

Прекращение экспорта риса Индией в другие страны не окажет никакого негативного влияния на узбекский рынок.

👉Подробнее

#munosabat #guruch #eksport #import #рис #экспорт #импорт

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM