QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIOLABORATORIYALARDA YETISHTIRILAYOTGAN ENTOMOFAGLARNING FOYDASI
🔬Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi biologik kurash samaradorligini oshirishda entomofaglar yetishtiruvchi biolaboratoriyalarning ahamiyati katta.

2023 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda 636 ta biolaboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

#biolaboratoriya #entomofag #biologik_kurash #zararkunandalar
*****
ПРЕИМУЩЕСТВА ЭНТОМОФАГОВ, ВЫРАЩИВАЕМЫХ В БИОЛАБОРАТОРИЯХ

🔬Большое значение в повышении эффективности биологической борьбы с вредителями сельскохозяйственных культур имеют биолаборатории по производству энтомофагов.

По состоянию на 1 февраля 2023 года в нашей республике работают 636 биолабораторий.

#биолаборатория #энтомофаг #биологическая_борьба #вредители

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“DOLZARB O‘TTIZ KUNLIK BIOHIMOYA” TADBIRI BOSHLANDI

🪲Inson o‘zini xavfsiz va himoyalangan his qilsagina, uning ishida unum, baraka bo‘ladi. Bizning xavfsizligimiz esa nafaqat huquqiy jihatdan kafolatlanganligiga, balki biz isteʼmol qiladigan mahsulotlar, nafas olayotganimiz – toza havo va bizni qurshab turgan tabiatning sofligiga ham bog‘liq.

Ushbu mezonni bir maromda saqlab turish maqsadida esa qishloq xo‘jaligi sohasida ham bir qator himoya chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Tabiatda biofonni boyitish va zararli organizmlar keng tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi biologik kurash ishlarini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab 2023-yil 29-maydan 28-iyunga qadar “Dolzarb o‘ttiz kunlik biohimoya” tadbiri e‘lon qilindi.

G‘o‘za maydonlarida trixogrammaning zamonaviy texnologiya uskunalarida tarqatish ishlari ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ushbu oylik doirasida mevali bog‘, poliz, issliqxona, dukkakli va boshqa ekinlarda uchraydigan zararkunandalarga qarshi oltinko‘z va brakon entomofaglarining gektariga 2000-3000 donadan 3 marotaba tarqatilishini ta‘minlash hamda dala va issiqxonalarda yetishtirilayotgan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va sitrus ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi biologik kurashda ularning zichligiga qarab, gektariga 3000-5000 donadan oltinko‘z entomofaglarini tarqatish ham rejalashtirilgan.

#qishloq_xojaligi #entomofag #oltinkoz #zararkunanda #biologik_kurash #trixogramma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM