QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ayollar, aziz opa-singillar!
✨️Siz biz uchun tuganmas mehr, ezgulik va iroda manbai, oila timsolidirsiz. Inson hayoti va jamiyat rivojida siz – munis ayollarimizning o‘rni beqiyos. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz.

Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida ham tinimsiz mehnat qilib kelayotgan ayollarimizning soni ortib bormoqda. Ulardagi yaratuvchanlik qobiliyati, mehr-muruvvat, g‘amho‘rlik kabi nozik hilqat vakillariga mansub fazilatlar aynan yerga don qadash yoki mevali daraxt nihollarini o‘tqazishdan boshlab, ularni voyaga yetgunga qadar parvarishlashda ham qo‘l kelmoqda.

Siz opa-singillarimizning oilada suyukli yor, mehribon ona, sarishtali uy bekasi bo‘lishingiz bilan birga agrar sohadagi ayollar ishlashi uchun xos bo‘lmagan dala ishlaridan ham tap tortmay yangi yerlarni o‘zlashtirayotganingiz, mevali bog‘lar yaratayotganingiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hatto eksportga ham chiqarayotganingiz tahsinga sazovordir.

Sizlar orqali butun O‘zbekistonimizdagi mehridaryo onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizga mazmunli umr, mustahkam sog‘lik, ish va o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini hamda o‘tayotgan har bir kuningiz quvonchli onlarga, hursandchiliklarga to‘liq bo‘lishini tilayman.

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollari, munis onaxonlarimiz, mehribon opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni 8-mart –
Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov

#vazir #bayram #tabrik #8_mart #Xalqaro_xotin_qizlar_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Yer, tuproq sayyoramizdagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarining asosi va poydevoridir.
Sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat yerning sifatiga bog‘liq. Uning holati iqlim o‘zgarishini yumshatishda muhim ahamiyatga ega. Yerni asrash va resurslardan to‘g‘ri foydalanish bevosita ekologiya bilan bog‘liq.

Tuproq – tirik organizm. U tabiatga hayot baxsh etadi. Qahramonimiz butun umri davomida tuproq sinovlari bilan shug‘ullangan. Yer – dunyodagi eng bebaho boylik, deya e’tirof etadi qahramonimiz Inna Kojenkova.

🌐To‘liq video

#bayram #tabrik #8_mart #Xalqaro_xotin_qizlar_kuni #tuproq
*****
🔰Почва – это главный ресурс нашей планеты, основа и фундамент всего продовольствия. Здоровая почва также играет важную роль в смягчении последствий изменения климата. Это живой организм, дающий жизнь всему остальному.

Наша сегодняшняя героиня всю свою жизнь занимается землей. Знакомьтесь - Инна Ивановна Коженкова, начальник почвенной лаборатории ГУП «Аналитический центр качества, состава и репозитории почв».
«Почва – это то, что нас кормит. Когда мы берем ее в руки, то чувствуем что-то родное и теплое»,
– говорит Инна Ивановна. Для нее это самое дорогое сокровище в мире.

🌐Полное видео

#праздник #поздравление #8_марта #Международный_женский_день #почва

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM