“AQLLI ISSIQXONALAR” BO‘YICHA KOREYA TAJRIBASI O‘RGANILDI
💻 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan 3 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislari “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari borasida o‘z bilim va tajribalarini oshirdilar.
Loyihaning maqsadi esa, O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilgan “aqlli” fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirish markazini barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Bilimlar, muhim maʼlumotlar tortig‘i va qizg‘in bahs-munozalardan so‘ng, o‘quv seminari o‘z ishini yakunladi. Qatnashchilarga sertifikatlar va sovg‘alar topshirildi hamda esdalik uchun suratga tushildi.
#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Aqlli_issiqxonalar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM