QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqsifattahlil #Hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya

“TUPROQSIFATTAHLIL” DUK LABORATORIYASI YUQORI ANIQLIKDA TAHLIL QILUVCHI JIHOZ BILAN TAʼMINLANDI

🔬Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi laboratoriyasi Jahon bankining Tuproq laboratoriyalarini modernizatsiya va jihozlash loyihasi doirasida Germaniyaning qiymati 83 940 AQSH dollariga teng bo‘lgan Avtomatik analizator Enviro TOC jihozlari bilan taʼminlandi.

Ushbu uskuna katta namunalar matritsasi, shu jumladan qattiq moddalar, aniq natijalar va yuqori namuna o‘tkazuvchanligi bilan shug‘ullanadigan har qanday atrof-muhit va oqava suv laboratoriyalarining ehtiyojlarini qondiradi hamda eng kam texnik xarajatlar evaziga samarali muntazam tahlilni taʼminlaydi.

Bundan avval “Tuproqsifattahlil” DUK laboratoriyasiga qiymati 117 160 AQSH dollariga teng bo‘lgan Germaniyaning ICP OES SPECTRO GENESIS jihozi keltirilgan edi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
BERLINDA XALQARO YASHIL HAFTALIK: O‘ZBEKISTON AGROBIZNESI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

🔰2023-yilning 19-21-yanvar kunlari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya vakillari “Xalqaro yashil haftalik (IGW) o‘tkazilayotgan Berlin shahrida (Germaniya) rasmiy tashrif bilan bo‘lishmoqda.

Haftalik doirasida qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda respublikamiz “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” stendini taqdim etadi.

👉Tafsilotlar saytimizda

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #korgazma #Ozbekiston #Germaniya
*****
МЕЖДУНАРОДНАЯ ЗЕЛЕНАЯ НЕДЕЛЯ В БЕРЛИНЕ: НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ АГРОБИЗНЕСА УЗБЕКИСТАНА

🔰С 19 по 21 января 2023 года делегация Министерства сельского хозяйства Узбекистана во главе с министром Азизом Воитовым находится с официальным визитом в Берлине (Германия), где проходит Международная Зеленая неделя (International Green Week (IGW)). В ее рамках организована международная выставка продуктов питания, сельского хозяйства и садоводства. На ней Узбекистан представит свой стенд «Сделано в Узбекистане».

👉Подробнее на сайте

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #Узбекистан #Германия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BERLINDAGI “MADE IN UZBEKISTAN” STENDI MEHMONLARNI KUTIB OLADI

🔰Bugun Berlindagi “Yashil haftalik-2023” doirasidagi ko‘rgazmada «Made in Uzbekistan» stendining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unga Germaniya Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir ham tashrif buyurdi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #korgazma #Ozbekiston #Germaniya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTON DUNYODAGI ENG KATTA QISHLOQ XO‘JALIK KO‘RGAZMASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETMOQDA

🔰240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda. Jumladan: 227 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari – barra va quritilgan meva-sabzavotlar, qayta ishlangan sut va goʻsht, salqin ichimliklar, qandolat, un mahsulotlari va boshqalar.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Niderlandiya, Kanada, Gruziya, Polsha, Moʻgʻuliston, Latviya, Germaniya va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirlari bilan qizgʻin uchrashuvlar oʻtkazdi. Shu bilan birga, Jahon banki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya #Niderlandiya #Kanada #Gruziya #Polsha #Latviya #Qozogiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Green week 2023” Germaniya, Berlin. Birinchi kun. Koʻrgazmaning yorqin muhiti.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya
*****
“Green week 2023” Германия, Берлин. День первый. Яркие моменты дня

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #Узбекистан #Германия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰“Made in Uzbekistan” stendimiz Berlindagi “Green week-2023” xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ishini davom ettirmoqda. 240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Jumladan: 227 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariyangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, shuningdek, qayta ishlangan sut va goʻsht mahsulotlari, yogʻ va yogʻ mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, un va un mahsulotlari, margarin mahsulotlari va boshqalar.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya #Made_in_Uzbekistan
*****
🔰Наш стенд «Made in Uzbekistan» продолжает свою работу на международной выставке «Green week 2023». На стенде Узбекистана площадью 240 квадратных метров представлены национальные продукты от более чем 60 предпринимателей из Республики Каракалпакстан, регионов страны и города Ташкента.

Среди них: 227 видов сельскохозяйственной и продовольственной продукции – свежие и обработанные фрукты и овощи, а также переработанные молочные и мясные изделия, масложировая продукция, безалкогольные напитки, кондитерские изделия, мука и мучные изделия, маргариновые продукты и многое другое.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #Узбекистан #Германия #Made_in_Uzbekistan

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BERLIN KONFERENSIYASI

🗣71 nafar Qishloq xo‘jaligi vazirlari o‘ndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari bilan birga 15-Berlin konferensiyasida butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga doir masalalarni muhokama qilish uchun yig‘ildi.

Anjumanda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rasmiy nutq so‘zladi.

Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston milliy va global oziq-ovqat transformatsiyasi jarayoniga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir.

Bugungi kunda, mamlakatimiz tomonidan imtiyozli kreditlash dasturlari orqali jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qishloq aholisi, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka rag‘batlantirish, ularning turmush tarzini yaxshilash qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatimiz uchun uchta muhim jihatni qayd etdi: deregulyatsiya, inklyuzivlik, ekologik barqarorlik va hosildorlikning o‘sishini rag‘batlantirish;
oziq-ovqat transformatsiyasi hamda 2023-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Global konferensiyaga ilmiy yondashish.

“Mamlakatda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”, shuningdek, oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingan.

Bu borada suv resurslari, energetika, oziq-ovqat va ekologiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz ham muhim ahamiyatga ega”,
dedi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin #konferensiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “No comment”dasturida “Berlinda xalqaro yashil haftalik: O‘zbekiston agrosanoati uchun yangi imkoniyatlar” sarlavhasi ostida qisqa lavhalar efirga uzatildi.

#repost #Ozbekiston_24 #Germaniya #Berlin #xalqaro_yashil_haftalik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“GREEN WEEK 2023” O‘ZBEKISTON ISHTIROKI NATIJALARI

🔰Berlinda 84-Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi – “Green week 2023” nihoyasiga yetmoqda. Ko'rgazma davomida butun dunyodan 1 700 dan ortiq eksponentlar dunyo miqyosida shuhrat qozongan eng xilma-xil mahsulotlarning 100 mingga yaqin turini namoyish etishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu ko'rgazma doirasida oziq-ovqat bilan bog'liq 300 dan ortiq turli forumlar, seminarlar, kongresslar va uchrashuvlar tashkil etildi va o'tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ MEVA-SABZAVOTLARI GERMANIYALIK YOSHLARGA MANZUR BO‘LDI

Berlinda ochilgan 84-xalqaro «Green week 2023» ko‘rgazmasi ham nihoyasiga yetay deb qoldi. “Yashil haftalik”ning navbatdagi kunida Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir ikkinchi bor O‘zbekiston stendiga tashrif buyurdi.

U bu safar germaniyalik bir guruh yoshlar bilan birgalikda ko‘rgazmada namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlari va poliz ekinlarini yetishtirish, pishib yetilgan meva va sabzavotlarni navlarga ajratish va kalibrlash hamda ularni qayta ishlash, sublimatsiya va quritish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, ekologik tozaligi e’tirof etilgan ushbu mahsulotlar dunyoning 70 dan ortiq davlatlariga eksport qilinayotgani, jumladan, Germaniyaga yurtimizdan qanday qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilayotgani haqida ham ma’lumotlar berildi.

O‘z o‘rnida vazir Jem O‘zdemir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining inson salomatligidagi ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, bu mahsulotlar yurtimizda tabiiy sharoitda, organik usulda yetishtirilishini e’tirof etdi. Shu bilan birga u ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni olganini, vazirlik rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga sazovorligini aytib o‘tdi.

Namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tatib ko‘rgan germaniyalik yoshlar ko‘rgazmada turli davlatlar orasida, aynan, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari manzur bo‘lganini e’tirof etishdi. Shuningdek, vazir Jem O‘zdemir boshchiligidagi germaniyalik yoshlar, o‘zbek milliy taomlari va shirinliklar bilan ham mehmon qilindi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTON-GERMANIYA: IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI FAOL RIVOJLANTIRISH

🤝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga (Germaniya) tashrifi arafasida 2-may kuni ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, 250 dan ortiq sanoat birlashmalari, yirik kompaniya, xolding va sanoat korxonalari hamda banklar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #qishloq_xojaligi #eksport #oziq_ovqat #Ozbekiston #Germaniya
*****
УЗБЕКИСТАН–ГЕРМАНИЯ: АКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ДВУСТОРОННЕГО СОТРУДНИЧЕСТВА

🤝2 мая, накануне визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Берлин (Германия), состоялся бизнес-форум, в котором приняли участие свыше 250 руководителей крупных компаний, холдингов и промышленных предприятий, банков, министерств, ведомств и отраслевых объединений двух стран.

#международное_сотрудничество #бизнес_форум #сельское_хозяйство #Узбекистан #Германия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASH VA TA'LIM BO‘YICHA KELISHUVLARGA ERISHILDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniyaning “Deutsche Sparkassenstiftung für internationale Kooperation e.V.” fondi o‘rtasida Anglashuv memorandumi tuzildi.

Memorandumda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilab olindi:

🟠qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini qo‘llab-quvvatlash;
🟠O‘zbekistonning muayyan banklaridagi mavjud aylanma kredit fondlardan foydalanishni kengaytirish;
🟠yosh fermerlarni tadbirkorlikka o‘rgatishda biznes simulyatsiyalaridan foydalanish.

Shuningdek, hujjatda “Risk radari” va “Yashil moliyaviy kompas” kabi moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni O‘zbekiston agrar sohasida joriy etish masalalari ham o‘z aksini topgan.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Davlatimiz rahbari bugun – 3-may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi, o‘ttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnashdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va texnologik sheriklikni kengaytirish bo‘yicha 9 milliard yevrolik yangi savdo, moliya va investitsiya bitimlari imzolandi. “Yashil” energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metallurgiya, suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, kimyo, tog‘-kon, avtomobil, to‘qimachilik, elektrotexnika sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi katta loyihalar shular jumlasidan.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini ta'kidladi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga muvofiq, xususiy mulk daxlsizligi kafolatlari kuchaytirildi, davlat halol raqobat va sud tizimi mustaqilligi uchun sharoit yaratishiga oid qoidalar aniq mustahkamlab qo‘yildi.

👉Batafsil

#Prezident #safar #hamkorlik #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR GERMANIYA QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINASOZLIGI BILAN TANISHDILAR

🔰Bir guruh o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari Germaniyada bo‘lib, DEULA-Nienburg qishloq xo‘jaligi injeneriyasi o‘quv markazi (Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik) tashkil etgan o‘quv seminarida qatnashdilar.

Ushbu o‘quv safari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

O‘quv seminari davomida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) laboratoriya rahbarlari A.Abdurahmonov, Sh.Ravshanov, B.Artikbaev hamda doktorantlar P.Uteniyazov va M.Ergashev qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida Germaniyaning yirik zavodlari erishgan yutuqlar, ularning ish faoliyatlari bilan tanishdilar, mashinasozlik rivojlanishining istiqbollari haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar hamda nemis hamkasblar bilan tajriba almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram