QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI SINASH VA SERTIFIKATLASHDA JANUBIY KOREYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda  Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ilgari surish agentligi (KOAT), Koreya sanoat tehnologiyalar instituti (KITECH) hamda Tong Yang Moolsan Co., LTD (TYM) kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish uchun Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha zamonaviy asbob uskunalarni xarid qilish, xalqaro standartlar, metrologiya va standartlashtirish sohalari talablarini o‘rganish hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida o‘tkazildi.
*****
ОПЫТ ЮЖНОЙ КОРЕИ ПО ИСПЫТАНИЮ И СЕРТИФИКАЦИИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ТЕХНИКИ

🤝Состоялась встреча специалистов Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, Агентства по продвижению сельскохозяйственных технологий Республики Корея (КОАТ), Корейского института промышленных технологий (KITECH) и компании Tong Yang Moolsan Co LTD (TYM).

Диалог был организован с целью совершенствования материально-технической базы Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий, приобретения современного оборудования в рамках проекта, финансируемого Всемирным банком, изучения требований международных стандартов, метрологии и стандартизации, а также разработки и внедрения соответствующих нормативных документов.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi_texnikalari #zamonaviy_texnikalar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM