QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.58K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SIRDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI

🌾Kuni kecha sirdaryoliklar ham g‘alla o‘rimiga kirishdilar. Viloyatning Boyovut, Xovos, Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin, Guliston va Sirdaryo tumanlarida 2023-yilgi hosilini nes-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlariga start berildi.

Joriy yilda sirdaryoliklar 73 ming gektar maydonda boshoqli don parvarishlab, undan 540 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirib olishni maqsad qilgan. O‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida 280 dan ziyod yuqori unumli don o‘rish kombaynlari va 843 ta tashish texnikalari jalb qilindi.

O‘rim mavsumi arafasida bevosita joylarda rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doyni qisqa muddatlarda, nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga oid seminarlar tashkil qilingani mavsumni ko‘tarinki ruhda va samarali o‘tkazishga zamin yaratdi, deydi mutaxassislar.

Darhaqiqat, Sirdaryodagi klasterlar, fermerlar, kombaynchilar va bu jarayonga mas'ul bo‘lgan boshqa mutasaddilar o‘z oldida turgan vazifalarni chuqur his qilgan holda, yig‘im-terim ishini uyushqoqlik bilan boshladilar.

#yigim_terim #galla #boshoqli_don #Sirdaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
FARG‘ONADA G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IM MAVSUMIGA START BERILDI

🌾Yurtimizning voha viloyatlarida g‘alla o‘rimi boshlangani haqida xabar bergan edik. Bugun vodiy viloyatlari, xususan, Farg‘ona viloyatida ham g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Mavsum oldidan Yozyovon tumanida viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab “Xonobod” MMTP hududida joylashgan “Xonobod g‘alabasi” fermer xo‘jaligi dala maydonida pishib yetilgan boshoqli don hosili ko‘zdan kechirishdi. Paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mazkur fermer xo‘jaligining 54 gektar yer maydoniga g‘alla ekilgan.

Seminarda qayd etilshicha, 2023-yil hosili uchun jami 95 ming 720 gektar maydonlarda g‘alla parvarishlangan. Quvasoy shahri va barcha tumanlarda 340 ta o‘rim otryadlari tashkil etilib, ularga 340 dona yuqori unumli don o‘rish kombaynlari 1 ming 825 dona don tashish texnikalari, 153 ta ko‘chma ustaxonalar va 173 dona yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.

#yigim_terim #galla #boshoqli_don #Fargona
*****
В ФЕРГАНЕ НАЧАЛАСЬ УБОРКА ЗЕРНОВЫХ

🌾Мы уже сообщали о том, что в областях нашей страны началась зерновая страда. Сегодня в регионах долины, в том числе и в Ферганской области, началась уборка зерновых. В преддверии сезона в Язяванском районе было проведено мероприятие с участием руководителей секторов.

Здесь участникам представили созревший урожай на поле фермерского хозяйства «Хонобад Галабаси», расположенного на территории махалли «Хонобод». Зерновые засеяны на 54 га хозяйства, которое также занимается хлопководством.

Было отмечено, что зерновые были засеяны в общей сложности на 95 720 га. В городе Кувасай и во всех районах создано 340 отрядов, за которыми закреплены 340 высокопроизводительных зерноуборочных комбайнов, 1825 единиц техники по перевозке зерновых, 153 передвижных мастерских и 173 единицы топливно- заправочной техники.

#урожай #зерно #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
DENOVDA PAXTA YIG‘IM-TERIMI AVJIDA

Ayni kunlarda yurtimizda paxta yig‘im-terim ishlari boshlangan. Hududarda zaminimizda yetishtirilgan “Oq oltin”ni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan, qo‘l mehnati va terim mashinalari yordamida terib olish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Denov tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tumandagi “Baxromov Farxod” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida, ayni paytda, paxta terimchilarning ishi qizg‘in. Misol uchun, tumanda yashovchi Momogul Mamatqulova 60 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, joriy mavsumda kuniga 200 kilogramm paxta termoqda.
*****
В ДЕНАУСКОМ РАЙОНЕ ПОЛНЫМ ХОДОМ ИДЕТ СБОР ХЛОПКА

В эти дни в Узбекистане повсеместно началась уборка хлопка. Принимаются все необходимые меры по своевременному сбору «Белого золота» без каких-либо потерь, используя ручной труд и хлопко уборочные комбайны.

Полным ходом идет сбор хлопка-сырца в районах Сурхандарьинской области, которая по праву считается южными воротами нашей страны. В частности, как сообщили в информационной службе администрации Денауского района, сборщики заняты работой на хлопковых плантациях фермерского хозяйства «Бахромов Фарход». Интересный факт-проживающая в районе Момогуль Маматкулова, несмотря на свой 60-летний возраст, ежедневно собирает по 200 килограммов хлопка.
#paxta #yigim_terim #qoshimcha_daromad #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QUYI CHIRCHIQ: MO‘L HOSIL GAROVI – SARA NAV, SIFATLI AGROTEXNIK TADBIRLAR VA MODDIY MANFAATDORLIK

🚜Bu yil respublikada 136 ta tumanda 145 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 1 million 12 ming 436 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilindi. Paxta yetishtirishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini keng joriy qilish, moddiy manfaatdorlikni oshirish, yer va suvga bo‘lgan, dehqon mehnatiga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishga alohida e'tibor berilmoqda.

Bugungi kunda butun mamlakatimiz bo‘ylab paxta-yig‘im terimi qizg‘in kechmoqda. Bu yilgi mavsumda 1 ming 47 ta paxta terish mashinalari yordamida 833 ming tonna yoki 23 foiz paxta xom ashyosi terib olinishi rejalashtirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga ko‘p.
*****
КУЙИЧИРЧИКСКИЙ РАЙОН: ГАРАНТИЯ ОБИЛЬНОГО УРОЖАЯ – ОТБОРНЫЕ СОРТА, КАЧЕСТВЕННЫЕ АГРОТЕХНИЧЕСКИЕ МЕРОПРИЯТИЯ И МАТЕРИАЛЬНАЯ ЗАИНТЕРЕСОВАННОСТЬ

🚜В этом году 145 хлопко-текстильных кластеров в 136 районах республики высеяли хлопок на площади 1 миллион 12 тысяч 436 га. Особое внимание уделяется широкому внедрению рыночных механизмов в процессе выращивания хлопка, повышению материальной заинтересованности, коренному изменению отношения к земле и воде, труду дехкан.

В результате повышается урожайность хлопководства, увеличиваются доходы земледельцев. Сегодня по всей стране полным ходом идет сбор хлопка. В этом сезоне, в масштабе республики, при помощи 1 тысячи 47 хлопко уборочных машин планируется собрать 833 тысячи тонн или 23 процента сырья. Это на 5% больше, чем в прошлом году.

#paxta #yigim_terim #hosil #klaster #traktor

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM