QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.5K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON-OZARBAYJON QISHLOQ XO‘JALIGIGA OID KELISHUVLAR

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston-Ozarbayjon ishchi guruhlarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘rayev va Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh raisi Elchin Zeynalov boshchiligidagi ishchi guruhlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlash hajmini oshirish, veterinariya va chorvachilik (seleksiya va naslchilik ishlarini tashkil etish, asalarichilik, pillachilik, parrandachilik) sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #veterinariya #chorvachilik

*****

СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЕ СОГЛАШЕНИЯ МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И АЗЕРБАЙДЖАНОМ

🤝В Министерстве сельского хозяйства РУ прошла двухсторонняя встреча рабочих групп Узбекистана и Азербайджана, посвященная сотрудничеству в области сельского хозяйства.

Рабочие группы во главе с заместителем министра сельского хозяйства Алишером Тураевым с узбекской стороны и заместителем министра сельского хозяйства Азербайджана – председателем рабочей группы Эльчином Зейналовым обсудили вопросы по увеличению двустороннего товарооборота сельскохозяйственной продукцией, сотрудничества в области ветеринарии и животноводства (организация селекционно-племенной работы, пчеловодства, коконоводства, птицеводства).

#международное_сотрудничество #сельское_хозяйство #ветеринария #животноводство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NATIJADORLIKKA YOʻNALTIRILGAN IXCHAM VA PROFESSIONAL DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI YARATISH

📌OʻzR Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida 2023-yilda amalga oshiriladigan dolzarb masalalar yuzasidan Vazirlik huzuridagi barcha tizim tashkilot rahbarlari ishtirokida 2022-yil 21-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-269-son Farmoni hamda PQ-447-son Qarori asosida Davlat boshqaruvida bir qator muhim islohotlar amalga oshirilishi yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlik huzuriga oʻtkazilganligi aytib oʻtildi.

👉Batafsil

#vazir #davlat_boshqaruv_tizimi #veterinariya #chorvachilik #ipakchilik #osimliklar_karantini

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN – XALQARO VETERINARIYA KUNI

👨‍⚕️Aprel oyining oxirgi shanbasi Xalqaro veterinariya uyushmasi (World Veterinary Association, WVA) tomonidan Xalqaro veterinariya kuni (World Veterinary Day) deb e’lon qilingan va 2000-yildan buyon ko‘pgina mamlakatlarda nishonlab kelinadi.

Bugun eng muruvvatli kasb sohiblari – veterinarlar o‘z bayramlarini nishonlamoqdalar. Hayvonlaru parrandalarni davolovchi shifokorlar, albatta, o‘zlarining to‘rt oyoqli-yu, qanotli mijozlaridan minnatdorlik so‘zlarini kutmaydilar. Ammo, shubha yo‘q: kezi kelganda jonivorlar insonlardan ham kuchliroq minnatdorlikni namoyon etadilar.

O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillari ham jonzotlar salomatligi, xavfsizligi yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar veterinariya xizmatini yanada yuqori sifat bosqichiga chiqarib, veterinar kasbining obro‘sini oshirishga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab qolamiz.

#Xalqaro_veterinariya_kuni #veterinariya #veterinar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM