QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#turpoqshunoslik #degradatsiya

YER DEGRADATSIYASI XARITASINI ISHLAB CHIQISH LOYIHASI MUHOKAMASI

♻️O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda FAO/UN-ECE komissiyasining O‘rmonchlik va yog‘ochsozlik seksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ekrem Yazichi va FAO/GEF tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” loyihasi milliy koordinatori Muhammadjon Qosimov, institut direktori Shuhrat Bobomurodov va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda “GAT, Collect Earth va agrometeorologik maʼlumotlar asosida yer degradatsiyasi xaritasini ishlab chiqish” loyihasi yakunlari muhokama qilindi.

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#turpoqshunoslik_instituti

📄O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining «Tuproqshunoslik va agrokimyo» ilmiy jurnalining 2-soni nashrdan chiqdi.

📝Undan quyidagi muhim va foydali mavzular o‘rin olgan:

🔹Сhet ellarda tuproq tadqiqotlarida qo‘llaniladigan namunalar olish uslublari to‘g‘risida
🔹Dukkakli ekin krotalariya (Crotalaria juncea L.) o‘simligining tuproq unumdorligini oshirishdagi roli, uni ekish muddatlari va meʼyorlarini tuproqdagi ozuqa moddalarga taʼsiri
🔹Zarafshon daryosining quyi qismi Qorako‘l deltasida shakllangan sug‘oriladigan tuproqlar tavsifi
🔹Tuproq kimyosi, fizik-kimyo va mineralogiyasi bo‘limining mustaqillik yillaridagi faoliyati
🔹Ona zamin zavoli bo‘lgan tuproq degradatsiyasi va uning oqibatlari

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM