QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘O‘ZA MAYDONLARIGA TRIXOGRAMMA TARQATISH TEXNIKASI YARATILDI

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan trixogramma (tunlam tuxumlariga qarshi qo‘llaniladigan entomofag)ni mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish vositasi yaratildi. Ushbu vosita yordamida trixogrammalar tarqatilganda o‘rtacha 70,2 foiz biologik samaradorlikka erishish mumkin. Uning yordamida ish unumdorligi gektariga 20 soatgacha oshadi. Texnika yordamida qisqa muddatda katta maydondagi o‘simliklarni himoya qilish orqali paxta hosilini gektariga 2,5 sentnerga oshirish ko‘zda tutilgan.

👉Batafsil

#laboratoriya #trixogramma #paxta
*****
СОЗДАНА МЕТОДИКА РАСПРЕДЕЛЕНИЯ ТРИХОГРАММЫ НА ХЛОПКОВЫХ ПОЛЯХ

🔬Ученые НИИ механизации сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан создали устройство для механизированного распространения трихограммы (энтомофага, применяемого против вредителей). С помощью этого устройства можно достичь в среднем 70,2% биологической эффективности при распределении трихограммы и увеличить производительность до 20 часов на гектар. Так, защищая растения с помощью техники, в короткие сроки планируется повысить урожайность хлопчатника на 2,5 ц/га.

👉Подробнее

#лаборатория #трихограмма #хлопок

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI ZAMON BILAN HAMNAFAS

🪰Bugun qishloq xo‘jaligi sohasining rivojida maʼlum bir yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining, ularning zamonaviy laboratoriyalarida olib borilayotgan tahlil va izlanishlarning o‘rni beqiyos.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda o‘simliklarni asrash, ularni zararkunanda va hashoratlardan himoya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #trixogramma #oltinkoz #entomofag #laboratoriya #osimliklarni_himoya_qilish
*****
НИИ ЗЕМЛЕДЕЛИЯ – ИССЛЕДОВАНИЯ В СОВРЕМЕННЫХ ЛАБОРАТОРИЯХ

🪰Сегодня в развитии сельскохозяйственной отрасли неоценима роль научно-исследовательских институтов, специализирующихся на анализе и исследованиях, проводимых на базе современных лабораторий.

В частности, в НИИ земледелия в южных районах при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан осуществляется комплексная работа по сохранению растений и защите их от вредителей и насекомых.

#НИИ #трихограмма #олтинкуз #энтомофаг #лаборатория

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“DOLZARB O‘TTIZ KUNLIK BIOHIMOYA” TADBIRI BOSHLANDI

🪲Inson o‘zini xavfsiz va himoyalangan his qilsagina, uning ishida unum, baraka bo‘ladi. Bizning xavfsizligimiz esa nafaqat huquqiy jihatdan kafolatlanganligiga, balki biz isteʼmol qiladigan mahsulotlar, nafas olayotganimiz – toza havo va bizni qurshab turgan tabiatning sofligiga ham bog‘liq.

Ushbu mezonni bir maromda saqlab turish maqsadida esa qishloq xo‘jaligi sohasida ham bir qator himoya chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Tabiatda biofonni boyitish va zararli organizmlar keng tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi biologik kurash ishlarini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab 2023-yil 29-maydan 28-iyunga qadar “Dolzarb o‘ttiz kunlik biohimoya” tadbiri e‘lon qilindi.

G‘o‘za maydonlarida trixogrammaning zamonaviy texnologiya uskunalarida tarqatish ishlari ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ushbu oylik doirasida mevali bog‘, poliz, issliqxona, dukkakli va boshqa ekinlarda uchraydigan zararkunandalarga qarshi oltinko‘z va brakon entomofaglarining gektariga 2000-3000 donadan 3 marotaba tarqatilishini ta‘minlash hamda dala va issiqxonalarda yetishtirilayotgan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va sitrus ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi biologik kurashda ularning zichligiga qarab, gektariga 3000-5000 donadan oltinko‘z entomofaglarini tarqatish ham rejalashtirilgan.

#qishloq_xojaligi #entomofag #oltinkoz #zararkunanda #biologik_kurash #trixogramma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIOMAHSULOTLAR – MO‘L VA SIFATLI HOSIL GAROVI

🪰Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda biologik usulning ahamiyati ortmoqda.

Bu usul tabiatdagi kushandalardan unumli foydalanish (qirib yubormaslik, ekinlar orasiga entomofaglarni jalb qiluvchi o‘simliklar ekish), entomofaglarni (trixogramma, brakon va oltinko‘z) biolaboratoriyalarda ko‘paytirib, dalaga mavsumiy chiqarish hamda mikroorganizmlar asosida yaratilgan biopreparatlar qo‘llashga asoslangan. “Surxon sifat tekstil” MCHJ qoshidagi biolaboratoriya ham paxtadan yuqori hosil olishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.

Biolaboratoriyaning asosiy vazifasi paxtadan yuqori hosil olish uchun zararkunandalarga qarshi kurashishdan iborat. 2023-yilning boshida tashkil etilgan biolaboratoriya ayni paytda 4500 gektar maydondagi paxtalarning hosildorligini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Biolaboratoriyada asosan 3 xil foydali hasharotlar mavjud: oltinko‘z, trixogramma hamda brakonid. Bularning asosiy vazifasi zararkunanda hasharotlarni yo‘q qilishdan iborat.

#biolaboratoriya #entomofag #trixogramma #oltinkoz #brakon #zararkunanda #biopreparatlar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM