QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami

Bugun 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

🎊Til millatning maʼnaviy boyligi, xalqning qadr-qimmati ifodasi hisoblanadi. U ajdodlar va avlodlarni bog‘lovchi rishtadir. Til saqlanib, takomillashib borsagina, millat yashaydi, davlatning nomi asrlardan asrlarga o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Unda davlat tili o‘zbek tili ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ta’kidlangan.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.

Ona tilimizning nufuzi doimo yuksalaversin!

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
#onatilimfaxrim #til_bayrami

🔰21 - oktyabr
- O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan ona tilimizni milliy g‘urur va iftixor ramzi sifatida ulug‘lash maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori bilan #onatilimfaxrim xeshtegi ostida chellenj o‘tkazilmoqda. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tashabbusda vazirligimiz jamoasi hamda vazirlikning tizim va hududiy tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDAU #til_bayrami #tadbir

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA
TIL BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI

🎊O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida 21-oktyabr—O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan elimiz suygan shoirlar Bobur Bobomurod va Sayyora To‘ychiyevalar otashin so‘zlari va ijod namunalari, hamda universitetning badiiy havaskor ilmiy-pedagog xodimlari va talabalari ijro etgan sheʼr va mumtoz va zamonaviy qo‘shiqlari, Abdulla Qodiriy nomidagi satira teatri aktyorlari namoyish etgan “Julqunboy” sahna ko‘rinishi bilan qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyatini baxsh etishdi.

Bayram tadbiri tafsilotlari batafsil saytimizda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#til_bayrami

O‘ZBEK TILIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRLARI

🎊O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Uni markaz direktori Sherali Nurmatov ochib berib, tadbir ishtirokchilariga millatimiz faxri bo‘lgan ona tilimiz to‘g‘risidagi quyidagi muhim maʼlumotlarni taʼkidlab o‘tdi:

“1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu qonun bilan har yili ushbu sanada “O‘zbek tili bayrami kuni” nishonlanadi. Bu esa, ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi”.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti katta o‘qituvchi, dotsent Shuhrat Muhammedov va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor Mirodiljon Baratovlar ham mehmon sifatida ishtirok etib, o‘zbek tilining nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga doir o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyni yod etishdi hamda uning haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
21-OKTYABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida 21-oktyabr —O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekani Bexzod Egamberdiyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti va Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova, Yozuvchilar uyushmasi azosi Mamura Zohidova, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti professor o‘qituvchilari va talabalar hamda universitet huzuridagi Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida dars beruvchi ixtisoslashgan xalqaro maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar qadimiy til sifatida e’tirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boyligimiz ekanligi hamda yurtimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida to‘laqonli ifodalanishini ta’minlasak va takomillashtirib borsak, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan g‘ururlanish ruhida tarbiyalasak, ona tiliga bo‘lgan hurmati, mehr-muhabbati yanada ortib boraveradi.

Ana shundagina biz yurtimizdagi har bir fuqaroning davlat tilini bilishiga va buni burch va majburiyat sifatida his etishiga erishamiz.

Zero, mutaxassislar aytib o‘tganidek, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini ta’minlash, til to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning ta’sir kuchi barchaga taalluqli bo‘lishini ta’minlash bizning asosiy vazifamizdir.

#til_bayrami #21_oktyabr #tadbir

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM