This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SOHA EKSPERTLARI OROLBO‘YIDA SHO‘RLANISHGA QARSHI TAVSIYALAR BERDILAR
💧 Tavsiyalarga to‘g‘ri va to‘liq rioya etilsa, sho‘rlanishni yengish va Orolbo‘yida barqaror qishloq xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi, demoqda mutaxassislar.
Avval aytib o‘tganimizdek, Toshkentda tashkil etilgan, sho‘rlangan tuproqlar masalalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro tadbirlar yakunida ishtirokchilar Orolbo‘yida bo‘ldilar va tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi bilan tanishdilar.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, qator hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari – tuproqshunoslik bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar dala ekskursiyasida bo‘ldilar, Orol dengizi basseynida o‘rmonlarni tiklash hududini ko‘rdilar, uzoq yillik qurg‘oqchilik va suv hamda yer unumdorligining keskin qisqarishi sababli yuzaga kelgan sho‘rlanish ko‘lamini baholadilar.
Dala ekskursiyasi qatnashchilari, shuningdek, SATREPS (Barqaror taraqqiyot maqsadlarida ilmiy va texnologik tadqiqotlar bo‘yicha sheriklik) dala uchastkasida sho‘rga chidamli o‘simliklar – galofitlar bilan tanishdilar.
#qishloq_xojaligi #shorlanishga_qarshi_kurashish #SATREPS #Orol_dengizi #tuproqshunoslik
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM