QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.3K photos
2.66K videos
7 files
9.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QO‘YLAR HAQIDA 10 TA QIZIQ FAKT

🐏Eng ko‘p tarqalgan uy hayvoni – qo‘ylar haqida biz bilmagan ma'lumotlar ham bormi? Bor ekan. Marhamat, o‘zingiz tanishib chiqing va baho bering – siz ulardan xabardormidingiz?

🟢Qo‘y – ko‘z qorachig‘i to‘g‘ri to‘rburchak shaklida bo‘lgan sanoqli mavjudotlardan biri.
🟢Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, tajribalar qo‘ylar ajoyib xotiraga ega ekanligini ko‘rsatdi.
🟢Qo‘ylarda eshitish qobiliyati juda yaxshi, shu sababli ular keskin tovushdan qo‘rqadi.
🟢Qo‘ylar uzoq vaqt yolg‘iz yashay olmaydi. Podadan ayri qolsa, ular vahimaga tushadi va vaqt o‘tgan sari bu vahima kuchayaveradi.
🟢Dunyoda jami olti yuzta atrofida qo‘y zoti mavjud.
🟢Hozirga qadar olimlar qo‘y junining sifati va issiqlikni saqlash xususiyati aslidan qolishmaydigan sintetik analogini yarata olishmagan.
🟢Ochiq joyga chiqib qolgan qo‘y podasi cho‘chib, to‘planib oladi. To‘siq yoki devor mavjudligi esa, ularni tinchlantiradi.
🟢Katta yoshli qo‘ydan bir martada 10 kg.gacha jun olish mumkin.
🟢Eng uzoq umr ko‘ruvchi qo‘ylar – qor qo‘ylari, ular 22-24 yilgacha yashashi mumkin.
🟢Eng qimmat zotli qo‘yning bir donasi million dollardan qimmatroq turadi.

#bu_qiziq #qoylar #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM