QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.5K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“ISH QUROLING SOZ BO‘LSA, MASHAQQATING OZ BO‘LUR”

🚜Yer maydonlarini shudgordan keyingi tekislash, tuproqqa ishlov berish kabi tadbirlarda keng qamrovli agrotexnikalar ish samaradorligini oshiradi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutining Tuproqga ishlov berish va ekishni mexanizatsiyalash laboratoriyasi ilmiy jamoasi ham ko‘pgina ilmiy ishlanmalarini amaliyotga taqdim etib kelmoqda. Xususan, yaqinda institutning sinov-tajriba maydonida namoyish etilgan keng qamrovli osma mola-tekislagich ko‘pgina qulayliklarni o‘zida mujassam etgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu mola-tekislagichning qamrash kengligi 8 metr, massasi 1 ming 650 kilogram, bir soatlik ish unumi 4-5 gektarni tashkil etadi. Shuningdek, osma mola-tekislagichni qo‘llash ish unumini 1,5 martagacha oshiradi hamda yerlarga ekish oldidan ishlov berishda mehnat va yonilg‘i-moylash materiallari sarfini 1,3-1,4 marta kamaytiradi.

#mola_tekislagich #mexanizatsiya #ilmiy_tadqiqot_instituti

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram