QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuproq_tahlili #mobil_laboratoriya

“TUPROQ KLINIKASI”
MOBIL LABORATORIYASI TEZKOR XIZMATLARNI KO‘RSATMOQDA

🚌O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan hududlarda fermer xo‘jaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalariga tezkor tuproq xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasi 2021-yilda tashkil etilgan.

Ushbu innovatsion mobil laboratoriya bevosita hududlarda dalaning o‘zida tuproqning gumus, harakatchan azot, fosfor va almashinuvchi kaliy bilan ta‘minlanishi, sho‘rlanish, tuproq muhiti -pH va boshqa tuproq xossalarini aniqlash bo‘yicha tezkor xizmatlar ko‘rsatadi.
E’tiborlisi, tuproq xususiyatlari joyning o‘zida institut olimlari tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil natijalari asosida yer egalariga kerakli tavsiyalar beriladi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqsifattahlil davlat unitar korxonasi tomonidan mobil laboratoriya tashkil etilgani to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

🔬“Tuproqsifattahlil” DUK sinov laboratoriyasi 2019-yilda Turkiya bilan hamkorlikda Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasini qo‘lga kiritgan. Unda amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Farg‘ona viloyatida o‘z ish faoliyatini boshlagan ushbu laboratoriyada 20 turdagi tuproq, 11 turdagi suvdan aniq sifat tahlillari olish imkoniyati mavjud.

Lavhada “Tuproqsifattahlil” DUK xodimlari tomonidan respublikamizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hamda klasterlarga tuproqning agrokimyoviy tarkibini to‘liq o‘rganib o‘g‘itlash, yer maydonlariga ilmiy asoslangan holda ishlov berish tartibini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etayotgani bayon etiladi.

#repost #Sevimli #Zamon #Tuproqsifattahlil #mobil_laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YER EGALARIGA ILMIY TAVSIYALAR BERILDI

🔬So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan qariyb respublikaning barcha hududlarida tuproq tadqiqotlari olib borilib, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha yerdan foydalanuvchilarga ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etib kelinmoqda. Klasterlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlarini tuproq tadqiqotlari natijalaridan xabardor etish maqsadida turli mavzularda ko‘rgazmali dala seminarlari tashkil etilmoqda.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #tuproqshunoslik #mobil_laboratoriya
*****
НАУЧНЫЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ДЛЯ ЗЕМЛЕДЕЛЬЦЕВ

🔬В последние годы ученые Института почвоведения и агрохимических исследований проводят изучения практически во всех регионах республики и дают научно обоснованные рекомендации по повышению плодородности почв и урожайности сельскохозяйственных культур. Для информирования руководителей кластеров и фермерских хозяйств о результатах исследований организуются показательные выездные семинары на самые различные темы.

#НИИ #почва #лаборатория #исследования

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM