QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston 24 telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida "Davlat idoralarida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusida o‘tkazilgan forum haqida lavha efirga uzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan tashkillashtirilgan ushbu forumda mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

#repost #maxsus_reportaj #O_zdavyerloyiha_DILI

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasida agrar soha taraqqiyotining muhim ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, ularni hayotga tatbiq etishda huquqiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish bilan birga inson resurslarini rivojlantirish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

“O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan maxsus reportajda journalist Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qiladi.

#repost #maxsus_reportaj #malakali_kadrlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida qishloq xo‘jaligida qizg‘in tarzda olib borilayotgan mavsumiy tadbirlar to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

Unda Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi fermer xo‘jaliklari yer maydonlarida ham chigit ekish ishlari ko‘ngildagidek o‘tkazilayotgani va bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida hikoya qilinadi.

Shuningdek, lavhada tumandagi “Do‘stlik” mahallasida kaftdek yerdan ham unumli foydalanayotgan va daromad olayotgan tomorqa yer egalariga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan subsidiya va kreditlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Aholi tomorqalarida foydalanilayotgan yangi texnologiyalarning samaradorligi qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishi va daromadlar miqdorining oshishiga turtki bo‘layotgani taʼkidlangan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida "Qishloq xo‘jaligi sohasida yangicha yondashuvlar" mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada 100 ming gektar qo‘shimcha yerlarni aholiga ajratib berish borasida olib borilayotgan ishlar, ushbu hududlarda kooperatsiyalar tashkil etilishi va shu orqali qishloq xo‘jaligida o‘sish ko‘rsatkichlarini oshirish masalasiga eʼtibor qaratilgan. Xususan, Toshkent viloyatidagi aholiga 9 ming gektardan ortiq yer maydonini ajratib berish rejalashtirilgani, bu borada Bo‘ka tumanining tajribasi haqida hikoya qilinadi.

Eʼtiborlisi, ushbu maydonlarning o‘zida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining mobil laboratoriyalari mutaxassislari tomonidan tekshirish va tahlish ishlari olib borilib, yer egalariga tavsiya va tushuntirish ishlari berilmoqda.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturi "Qishloq xo‘jaligida kutilgan tadqiqot: kartoshkachilikda milliy nav" mavzusiga bag‘ishlandi.

Dasturda dolzarb mavzu: kartoshkachilik va uning urug‘chiligiga eʼtibor qaratilib, ayni kunlarda mamlakatimiz yer maydonlarida ushbu mahsulot urug‘ligining to‘liq siklini yo‘lga qo‘yilganligi taʼkidlangan. Bunda respublikamizga shu paytgacha olib kirilgan, import kartoshkachilik o‘rnini bosadigan, hosildor, virus va bakteriyalardan, kasalliklardan holi bo‘lgan — milliy mahsulotimiz kartoshka urug‘liklarini arzon narxlarda mamlakatimizdagi fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish va shu orqali mahsulot tannarxini kamaytirish hamda aholi ehtiyojini qoplash ko‘zda tutilgan.

Lavhada mavzu bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov va vazirlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari o‘z-fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishgan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Maxsus reportaj dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida tashkil etilgan O‘zbekiston – Germaniya biznes-forumi haqida lavha Berlin shahridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirga uzatildi.

Unda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlarining juda katta biznes-forumi bo‘lib o‘tkazilayotgani va ushbu biznes-forumda ikki mamlakatning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, xolding, sanoat korxonalari, banklari, vazirliklari, idoralari va sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etayotgani haqida so‘z boradi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiriga bergan intervyusida biznes-forumda ikki davlat ishbilarmonlari ko‘plab sohalarda muzokaralar o‘tkazgani, natijada germaniyalik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘plab shartnomalar imzolangani haqida alohida to‘xtalgan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida asalarichilik sohasi haqida Maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida asalarichilik bilan shug'ullanadigan tadbirkorlar faoliyatiga nazar tashlangan. Shuningdek, lavhada asalarichilikdan qancha daromad qolishi hamda ushbu soha bo'yicha kerakli tavsiyalar berilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj #asalarichilikdan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Dala chetlaridan samarali foydalanish haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-aprel kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori sohada ishlar ko‘lamini yanada kengaytirgani, xususan, dala chetlaridan unumli foydalanish, turli ekinlar ekish va daraxt ko‘chatlari o‘tqazish bo‘yicha Toshkent viloyatida 6 721 nafar fermer xo‘jaliklarining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib 14 million 387 ming dona ko‘chatlar ekilishi rejalashtirigani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalida qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan hasharotlar—entomofaglar va ularni ko‘paytirishning ahamiyatiga bag‘shlangan maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda qariyb 40 yillik umrini foydali hasharotlar ko‘paytirishga va shu orqali agrar soha rivojiga hissa qo‘shishga bag‘ishlagan Samarqand viloyatining Paxtachi tumanilik Misqol Yo‘ldoshevaning qiziqarli va sevimli ish faoliyati hamda laboratoriyalarda biohasharotlar ko‘paytirishning o‘ziga xosliklari atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, biolaboratoriyada faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarning ustozidan o‘rganayotgan bilim va ko‘niklamalari, sohaga qo‘shayotgan hissalariga ham mavzu doirasida to‘xtalib o‘tilgan.

O‘simliklarning bezarar parvarish qilinishi, ekologiyaning tozaligi, tabiatning muvozanatini saqlashga xizmat qiladigan — entomofaglar haqida ushbu reportajni tomosha qilib, yanada ko‘proq foydali maʼlumotlar olishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida Namangandagi 4 ming tonnalik mevani qayta ishlash korxonasi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanidagi bog'dorchilikka ixtisoslashtirilgan klaster qoshida mevani saqlash va qayta ishlash imkoniga ega logistika markazining birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgani haqida so'z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram