QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.5K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
LOKAL O'G'ITLASH AGREGATI SINOVDAN O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi agrar soha bilan band bo‘lgan yurtdoshlarimizning mehnatlarini yengillashtirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan institutning “Ekish va o'simliklarni parvarishlash mashinalari” laboratoriyasi tayanch doktorantlari A.Xadjiev va B.Ramazanovlar institutning tajriba xo'jaligida poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga organik o'g'itlarni lokal solib, ekish pushtalarini shakllantiruvchi kombinatsiyalashgan agregatni dala-tajriba sinovidan o'tkazishdi.

Shuni aytib o‘tish kerakki bugun dunyo miqyosida agrar sohadagi qo‘l mehnatini yengillashtirish, dala va bog‘larda amalga oshiriladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yaqinda Germaniyaning Gannover shahrida bo‘lib o‘tgan "Agritechnica-2023" xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida agrar soha rivojlangan davlatlarning yirik ishlab chiqaruvchilari tomonidan namoyish etilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari ham bunga misol bo‘la oladi.

Bu jihatdan olib qaraganda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining faoliyat yuritishi yuqorida aytib o‘tganimiz— dehqonu-fermerlarimizning ishlarini yengillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Tajriba sinov davomida agregatning o'g'it solish uchun egatlar ochadigan diskli va ularni ko'mib, pushtalar hosil qiladigan ag'dargichli ishchi organlari hamda organik o'g'itni uzluksiz bir me'yorda berishga xizmat qiladigan gumbazbuzgich-maydalagichning ish jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Sinov natijasiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan agregat belgilangan barcha texnologik jarayonlarni to'liq va ishonchli bajara olishi aniqlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #mexanizatsiya #tajriba_sinov #kombinatsiyalashgan_agregat #agritechnica_2023

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM